×

VU Fellowship Programme: Magistratura uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1738 marta

Gollandiyaning Amsterdam shahrida joydashgan Vrije Universiteit Amsterdam navbatdagi VU Fellowship (VUFP) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant yuqori bilimli, intiluvchan va salohiyatli hamda universitet magistraturasida oʻqish istagida boʻlgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant birikki yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodning oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi. Stipendiat birinchi kursni 100% natija bilan yakunlagan taqdirda grant yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

*Grant yashash va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashni nazarda tutmaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzodning oʻzlashtirish darajasi kamida 80% boʻlishi kerak.
  2. Universitetning 2019-yil sentyabrda boshlanadigan, taʼlim ingliz tilida olib boriladigan kursiga ariza topshirgan boʻlishi lozim.
  3. Gollandiya fuqarosi boʻlmasligi zarur.
  4. Magistratura bosqichini Gollandiyadan boshqa davlatlarda oʻqimagan boʻlishi kerak.

*Bitta grant oʻrni Semester in Amsterdam dasturida oʻqigan nomzod uchun ajratiladi.

Nomzodlarni saralash ularning motivatsion xati asosida intiluvchanligi, avvalgi akademik yutuqlari, oʻzlashtirish koʻrsatkichi, salohiyati kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Uarning tarkibi quyidagicha:

  1. Universitet magistratura dasturlaridan biriga ariza berish. Buning uchun dastlab Studielink, soʻng VUnet portalidan roʻyxatdan oʻtish lozim. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.
  2. VUFP ga ariza topshirish. Bu amal VUnet orqali bajariladi. Grant uchun talab qilinadigan hujjatlar 3 ta va ular PDF formatida boʻlishi kerak:
  • akademik baholar. Kamida 80% natija hamda davlatning NUFFIC moduli koʻrsatilgan holda taqdim etiladi;
  • motivatsion xat. Xatda nima uchun aynan shu magistrlik dasturida oʻqimoqchiligingiz, kelajakdagi maqsadlaringiz va nima uchun stipendiyaga loyiqligingiz haqida yozish kerak;
  • Biografik maʼlumotlarni toʻldirishda Europass formatidan foydalanish tavsiya etiladi.
  1. VUFP uchun nomzodlarning ariza va hujjatlarini 2019-yil 1-fevralgacha fakultet maʼmuriyati koʻrib chiqadi hamda maʼqullangan hujjatlarni VUFP Markaziy Qoʻmitasiga taqdim etadi.
  2. 2019-yil 1-aprelda VUFP Markaziy Qoʻmitasi arizalar boʻyicha qarorlarni xabar qiladi.
  3. 2019-yil 15-aprelda tanlab olingan nomzodlar Vunet orqali VUFP taklifini qabul/inkor qiladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

2018-yilning 1-aprelida. Grant natijalaridan norozi boʻlgan talabalar VUFP@vu.nl ga oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin. Ariza topshirish jarayonidan (natijalardan emas) norozi boʻlganlar esa talabalar ombudsmaniga murojaat qilishlari mumkin.

*Grant shartlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.

Bogʻlanish uchun: vufp@vu.nl .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!