×

Belgiya: magistratura uchun to’liq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

3862 marta

Belgiyaning ikki universiteti – Ghent University va Vrije Universiteit Brussel tomonidan qo’shma tarzda tashkil etilgan European Master of Science in Photonics magistratura dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur 2 yil o’qitiladi. Dasturga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun grant dasturi ham mavjud bo’lib, grantlar chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Magistratura  kursining 35% qismi labaratoriyada amaliy mashg’ulotlar ko’rinishida, 30% qismi nazariya, 25% qismi tadqiqot ishi va 10% qismi 21-asr uchun zaruriy boshqa bilimlar jamlanmasidan iborat. Kursning ikkinchi yilida talaba univeritetga hamkorlik qilayotgan OTMlarda amaliyot o’tashi yoki talaba almashinuvi dasturlarida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Grant dasturidan asosiy maqsad Belgiyada o’qish istagidagi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2020-yilgi European Master in Photonics magistratura kurslari uchun har biri 10 000 yevrodan bo’lgan bir nechta to’liq grant ajratilgan.

Kurs uchun kontrakt to’lovi miqdori haqida batafsil malumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantlar magistratura kursiga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga beriladi, bunda talabalar uchun “ranking list” tuzib, shundan foydalaniladi.

Magistratura kursiga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod bakalar kursini tamomlayotgan yoki tamomlagan bo’lishi va kurs yo’nalishi elektrik muhandislik, amaliy fizika, material fanlar va shunga yaqin fanlardan bo’lishi zarur.
  2. Nomzodning baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak – qabul uchun kamida TOEFL IBT 87, PBT 570 yoki IELTS 6.0 talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun alohida ariza shart emas. VUB B-PHOT magistratura kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Kursga hujjat topshirish uchun onlayn ariza berish kerak. Arizalar yil davomida qabul qilinadi. 2020-yil kuzgi kurslar uchun hujjat topshirishning so’ngi muhlati 2020-yil 1-aprel. Bakalavr kursining so’nggi bosqichida tahsil olayotgan, lekin hali diplom olmagan talabalar ham kursga hujjat topshirishlari mumkin, arizalar erta berilsa bas.

Kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. CV.
  3. Motivatsion xat.
  4. Diplom.
  5. Baholar
  6. Ikkita tavsiyanoma.
  7. Ixtiyoriy ravishda nomzod erishgan yutuqlar, masalan mukofotlar, sertifikatlar, diplomlar va nashrlar ro’yhatini ham taqdim etish mumkin.

Ma’lumot uchun Majorie.Jammaers@vub.be elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!