×

Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va ovqatlanish uchun grant; stipendiya – 3 400 dollar!


Grant

MUHLAT

15.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10374 marta

AQShda joylashgan Wake Forest University oliy taʼlim muassasasi har yili 5 nafargacha bakalavriat talabalariga Guy T. Carswell Scholarships grant dasturini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda mavjud istalgan bakalavr kursida o’qish uchun beriladi. Grant nomzodlarning koʻrsatkichlari asosida taqdim etiladi (merit-based).

Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkchisi (GPA), SAT yoki ACT testi natijalari (agar topshirilsa), darsdan tashqari mashgʻulotlarda yetakchilik hamda hududiy yoki milliy darajada erishgan yutuqlari eng yuqori boʻlgan nomzodlar ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida saralab olingan 5 nafargacha talaba quyidagi imkoniyatlr bilan taʼminlanadi:

  • Oʻqish toʻlovidan (tuition fee) toʻliq ozod etiladi.
  • Bepul yotoqxona va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
  • Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
  • Gʻoliblar tadqiqot yoki turli loyihalar yuzasidan boshqa yerlarga sayohat qilish uchun qo’shimcha 5 000 AQSh dollariga yordam puli uchun ariza topshirishi mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi yoki oʻqish boshlangunicha tamomlashi kerak.
  • Ariza topshirishda kamida oxirgi 4 yillik baholar taqdim etilishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun TOEFL yoki IELTS yoxud Duolingo testi natijasini topshirishi lozim. Ushbu test natijalari test oluvchi tashkilot tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri Wake Forest universitetiga yuborilishi kerak.
  • SAT va ACT testlari natijalarini topshirish majburiy emas, ixtiyoriy.
  • Nomozd Wake Forest universitetidagi oʻzi tanlagan bakalavrlik kursining qabul talablariga mos boʻlishi, shu kursga 2023-yil 15-noyabrgacha hujjat topshirishi kerak.
  • Ariza topshirish badali – 85 dollar, nomzodlar shu badalni toʻlashi kerak.
  • Nomzodlar moliyaviy holati haqidagi shaklni toʻldirishi kerak.
  • Grant taqdim etish uchun saralashda nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari va darsdan tashqari faoliyatdagi yetakchilik koʻnikmalariga eʼtibor qaratiladi. Shular asosida eng yuqori natijaga ega 5 nafargacha talabaga grant ajratiladi.

Xalqaro talabalarning ariza topshirishiga oid talablar va batafsil maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Wake Forest bakalavr kurslaridan biriga 2023-yil 15-noyabrga qadar hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi, bakalavriatga topshirgan barcha nomzodlar ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grantga talabgor sifaida koʻrib chiqilish uchun bakalavriat kursiga arizani 2023-yil 15-noyabrgacha topshirish lozim. Universitetga hujjat topshirish haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Grant finalistlari subatga taklif etilishi ham mumkin, suhbat boʻladigan boʻlsa, 2024-yil mart oyi oxirigacha bu haqida xabar qilinadi.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!