×

Warren Wilson College: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati! Joy – 25 tagacha!


Grant

MUHLAT

15.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7406 marta

AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Warren Wilson College universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Milepost One grant dasturini  taklif  etadi. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan istalgan bakalavriat kursida o’qish uchun beriladi. Barcha bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

Milepost One grantlari yillik daromadi 125 000 AQSh dollari  yoki undan kam bo’lgan oiladan bo’lgan nomzodlar uchun mo’ljallangan. Har yili 25 gacha talabaga ushbu gant taqdim etiladi. Grantlar 2023-yil kuzgi semestrdan oʻqishni  boshlash uchun beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabalar kontrakt to’lovidan ozod etilib, 4 yil bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi. Grant yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod: 

  • Warren Wilson College bakalavr kurslaridan biriga 2023-yil kuzgi semestrdan uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida oʻqishnni boshlash hujjat topshirishi va qabul qilinishi;
  • Baholari 4 balli GPA tizimida 3,0 yoki undan yuqori bo’lishi;
  • Oilasining yillik daromadi 125000 AQSh dollari yoki undan kam bo’lishi;
  • Universitet yotoqxonasida yashab, universitet tomonidan yaratilgan ish dasturida ishtirok etishi;
  • Bu yerda ko’rsatilgan hujjatni toʻldirishi;
  • O’qishga kirgach baholari 4 balli GPA tizimida 2,5 balldan pasaymasligi;
  • Grantga  arizani 2023-yil 1-fevralgacha topshirishi;
  • TOEFL IBT 79, IELTS 6,5 yoki boshqa testlar sertifikatiga ega bo’lishi kerak. 
  • SAT yoki ACT testlari ixtiyoriy ravishda topshirilishi mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur grantga arizalar 2023-yil 1-fevralgacha  qabul qilinadi, lekin nomzodlar dastlab  bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi lozim. Bakalavriat kurslariga arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Yaʼni ushbu grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan xalqaro talabalar 2022-yil 15-noyabrgacha bakalavriat kursiga ariza topshirishi lozim. Shundan keyin grant uchun arizani 2023-yil 1-fevralgacha topshirish mumkin. Bakalavriat kursiga ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar bilan BU  YERDA tanishing.

Grantga arizalar BU YERDA qabul qilinadi. Grantag ariza topshirishdan oldin bakalavriat kurslaridan biriga ariza topshiring.

Murojaat uchun intladmit@warren-wilson.edu manziliga ingliz tilidan e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!