×

Warwick University: bakalavr kursida bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2170 marta

Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan Warwick University oliygohi Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship 2021 grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Warwick University oliygohida o’qitiladigan bakalavr  kurslari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasidagi 250 dona grant o’rni mavjud bo’lib, ular quyidagicha taqsimlanadi:

  • Yuqori akademik ko’rsatgichga ega 20 nafar talaba bakalavr bosqichi to’lov kontraktidan butunlay ozod etiladi;
  • 160 nafar talaba bakalavr bosqichi to’lov kontrakti uchun yiliga 13000 funt sterling (taxminan 17272 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadi;
  • 70 nafar talaba bakalavr bosqichi to’lov kontrakti uchun yiliga 2000 funt sterling (taxminan 2657 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadi;

Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

Warwick University oliygohi bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.  

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Warwick University oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr bosqichi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 92 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun dastlab Warwick universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilinish lozim, so’ngra 2021-yil 15-yanvaridan kechikmasdan onlayn tarzda ariza to’ldirib jo’natish zarur. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. 

Kursga hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim). 
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun ugadmissions@warwick.ac.uk   elektron manziliga yoki +44(0) 2476523723 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!