×

Waseda University: Yaponiyada xalqaro aloqalar bo’yicha magistratura kursi uchun 50% grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1727 marta

Yaponiyada joylashgan Waseda University tomonidan taqdim etiladigan Waseda University Partial Tuition-Waiver Scholarship for Privately Financed  International Students grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant dasturi doirasida Waseda Universitetining Xalqaro Aloqalar yo’nalishidagi 2 yillik magistratura (MA) kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik  talabalarga o’qish to’lovini to’lash uchun moliyaviy ko’mak beriladi. 2021-2022 o’quv yili uchun taxminan 12 talabaga grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba o’qish to’loviga 50% chegirma qilinadi. Magistratura kursi to’lovi 2 yil uchun jami taxminan 30 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Talablar:

Nomzod:

  • Bakalavr kursini tamomlagan yoki Waseda universitetida o’qish boshlanguncha tamomlashi rejalashtirilgan;
  • Baholari yaxshi yoki a’lo;
  • Kamida 16 yillik ta’lim olgan;
  • Yoshi 22dan kichik bo’lmagan;
  • O’zi tanlagan kurs o’qitiladigan tilni  (yapon yoki ingliz) yaxshi o’zlashtirgan;
  • Ijtimoiy faol va turli yutuqlarga erishgan, dunyoqarashi keng bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun MA magistratura kurslariga hujjat topshirish yetarli. Hozir 2021-yil bahorda boshlanadigan kurslarga qabul tugagan. Keyingi qabul kuzgi kurslar uchun bo’ladi. Qabul dekabr oyi boshida ochiladi va bu yerda e’lon qilinadi. Qabul ochilganda hujjat topshirish vaqti faqat 2 hafta davom etadi, shuning uchun quyidagilarni avvaldan amalga oshiring:

  • Sizga tavsiyanoma berishi mumkin shaxslar bilan bog’lanib, kelishib qo’ying.
  • Magistratura kurslariga qabul uchun tadqiqot rejasi talab qilinadi. Bu yerdagi ma’lumot va mavzular bilan tanishib, tadqiqot mavzusi tanlang.
  • Diplom va ilovalarni tarjima qildirib, qog’oz nusxalarini tayyorlab qo’ying.
  • Ariza uchun insho yozish talab etadi. Mavzu:

“Please describe in detail the research plan which you wish to pursue at GSAPS, including the theme, and methods of approach, etc. which you intend to use. Also, please write a list of references. The list of references is not included into the number of words. (800 words or less)

  1. Please explain the reasons why you have chosen to apply for the GSAPS MA Program at this particular time in your life. (200 words or less)
  2. Please describe your career goal in detail. How do you plan to achieve them? What significance will your degree obtained at GSAPS have in helping to achieve your career goals? (200 words or less)”

Dekabr oyi boshida qabul nizomi e’lon qilinadi. Nizomda hujjat topshirish jarayoni, (o’zgargan bo’lsa) kontrakt to’lovi miqdorlari va boshqalar ko’rsatiladi. Nizomni universitet veb saytidan yuklab olasiz. 

Murojaat uchun: gsaps-admission@list.waseda.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!