×

Webster Vienna Private University: Avstriyada bakalavr kurslari uchun 20 000 yevrogacha grantlar


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1776 marta

Avstriyada joylashgan Webster Vienna Private University universiteti tomonidan ajratilgan Webster Vienna Private University Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga qabul qilingan talabalardan eng yuqori ko’rsatkich va baholarga egalariga beriladi. Venadagi Webster universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzod baholari va boshqa yutuqlariga asosan quyidagi grantlardan birini yutib olishi mumkin:

Webster Vienna – Distinction – 4 yillik bakalavr kursi uchun jami 20 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi.

Webster Vienna – Merit – 4 yillik bakalavr kursi uchun jami 15 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi.

Webster Vienna – Honors – 4 yillik bakalavr kursi uchun jami 10 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi. Grantlar kontrakt to’lovini qoplash uchun sarflanishi kerak.

Grant miqdori kontrakt to’lovini qoplamaydi. Venadagi Webster universitetida bakalavr kurslari kontrakt miqdori yiliga 30 000 yevro atrofida. Batafsil bu yerda.

Talablar:

  • Nomzod Venadagi Webster universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod maktab/litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi, baholari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida 3,0 balldan kam bo’lmasligi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim. Minimal talab
  • Nomzod o’zi tanlagan bakalavr kursi uchun belgilangan qabul talablariga to’liq mos bo’lishi kerak. Bu talablar kurslar ro’yxatidagi bakalavr kurslari sahifalarida keltirilgan.
  • Nomzod hujjat topshirgan bakalavr kursi yiliga kamida 24 kredit soatli bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun beriladi.

1-qadam. Grantga ariza topshirishdan avval bakalavr kursiga bu yerda imkon qadar erta hujjat topshiring. Grantga hujjat topshirish uchun avvaliga bakalavr kursiga qabul qilinganingiz aniq bo’lishi zarur. 2021-yil kuzgi bakalavr kurslariga arizalar 2021-yil 28-fevralga qadar qabul qilinadi. Batafsil bu yerda.

Bakalavr kursiga qabul uchun kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr kursi baholari va diplomi nusxasi;
  • Ingliz tili testi natijalari;
  • Insho;
  • Pasport nusxasi;
  • Bitta tavsiyanoma.

Hujjatlar qabul qilingach, qabul uchun onlayn suhbat bo’lib o’tadi. Bakalavr kurslariga qabul haqida savollaringiz bo’lsa, bu yerga murojaat qiling.

2-qadam. Bakalavr kursiga qabul qilinganligingiz haqida ma’lumot olgach, grant uchun qachongacha ariza berish mumkinligini aniqlashtirib oling. Keyin esa bu yerda grantga hujjat topshiring.

Grant uchun quyidagi mavzulardan faqat bittasiga insho yozish talab etiladi:

Many students at Webster Vienna Private University have cultural heritage, skill, or talent that defines them and enriches the lives of their peers. If you hold such an interest or have a unique background, please share more in a 1000-1200 word essay

yoki

Many believe that we learn from our mistakes. In a 1000-1200 word essay, describe a situation or experience where you learned from failure. Explain the situation, what actions you took, and how you learned from this experience.

Grant bo’yicha savollaringiz bo’lsa, scholarship@webster.ac.at elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!