Buyuk Britaniyaning Welcome Trust jamg’armasi har yili daromadi o’rta yoki o’rtadan past mamlakatlar ro’yxatida bo’lgan (ro’yxatda O’zbekiston ham bor), sog’liqni saqlash va tropik tibbiyot yo’nalishida o’qib, amaliyot olib boradigan, tadqiqotlar o’tkazadigan olimlarni qo’llab quvvatlash maqsadida Wellcome Trust Master’s Degree Scholarships for International Students stipendiyalarini taklif etadi. Jamg’arma asoschisi janob Genri Wellkom ( Sir Henry Wellcome) bo’lib, u taniqli farmaseft, kolleksioner va xayriyachi bo’lgan. Wellcom Trust jamg’armasi o’z mablag’larini asosan sog’liqni saqlash sohasiga qiziqqan, shu yo’nalishda tadqiqotlar olib bormoqchi bo’lgan, iqtidorli, umidli hamda yuqori potensialli tadqiqotchilarni qo’llab quvvatlashga qaratadi. Grant dasturi 30 oylik magistratura kursidan iborat bo’lib, g’olib ishtirokchi 12 oy davomida xalqaro miqyosda tan olingan istalgan oliy o’quv yurtida magistr darajasini (M.Sc) olishi, qolgan 18 oy davomida daromadi past va o’rta bo’lgan mamlakatlarning birortasidagi Wellcome Trust Jamg’armasi ro’yxatiga kiruvchi tashkilotlardan birida tadqiqot olib borishi ko’zda tutilgan.
Tadqiqot olib orish mumkin bo’lgan davlatlar va tashkilotlar ro’yxati bu yerda.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan tadqiqotchilarga 30 oylik magistratura dasturi uchun jami 120 000 funt sterling (taxminan 155 000 AQSH dollari) miqdoroda grant ajratadi. 2,5 yillik kursning 1 yili magistratura bosqichida o’qish va qolgan 1,5 yili tadqiqotlar olib borishga ajratiladi.
Dastur tadqiqotchilarni quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Oylik stipendiya (magistratura kurslarida o’qish davomida);
- Oylik maosh (tadqiqot dasturi ustida ishlayotganida);
- Safar xarajatlari;
- Tadqiqot xarajatlari to’lab beradi.
Talablar:
- Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
- Nomzodning tadqiqot dasturi daromadi past yoki o’rta bo’lgan davlatlardan birida olib borishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
- Nomzod tibbiyot yoki shunga yaqin sohada bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod mehnat faoliyatini endi boshlagan lekin tadqiqotlar olib borish ishtiyoqidagi yosh mutaxassis bo’lishi kerak.
- Nomzodning tadqiqot rejasi (research proposal) jamg’armaning tadqiqot yo’nalishi (science remit) ga to’g’ri kelishi kerak.
- Jamg’arma ro’yxatiga kiradigan, daromadi past yoki o’rta bo’lgan davlatda joylashgan sog’liqni saqlash (yoki shunga yaqin) tashkiloti (host organisation) nomzodni tadqiqot olib borishiga rozilik bildirishi kerak;
- Nomzod tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan tashkilot (host organisation) butun dastur davomida nomzodni ish joyi va barcha qulayliklar bilan ta’minlashni o’z zimmasiga olishi kerak;
- Nomzod tanlagan homiy va ilmiy rahbar (sponsor and supervisor) butun dastur davomida uning ishiga boshchilikqilishi kerak.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant shartlari bu yerda batafsil yoritilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
- Grant dasturiga ariz topshirish uchun nomzod Wellcome Trust Grant Tracker orqali onlayn ariza bilan o’zi tanlagan sog’liqni aqlash tashkiloti (host organisation)ga murojaat qilish zarur.
- Muassasa, o’z navbatida, arizani ko’rib chiqib, o’zidan talab qilingan shartlarga rozilik bildirgan holda uni International Master’s Fellowship dasturiga yuborishi talab etiladi.
- International Interview Committeearizalarni ko’rib chiqib yakuniy qarorni qabul qiladi.
- Dasturda g’olib bo’lgan ishtirokchilar bir yil muddat ichida o’qishni boshlashlari zarur (bu muddat universitetga kirish va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish uchun ajratilgan).
- Ariza shakli namunasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni Wellcome Trust jamg’armasining rasmiy saytidan yoki grant shartlari sahifasidan olishingiz, savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: 0207 611 5757
Email: grantenquiries@wellcome.ac.uk