×

Wellcome Photography Prize fotosuratlar tanlovi: mukofot – 10 000 funt sterling!


Grant

MUHLAT

18.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1076 marta

Wellcome Trust tomonidan tashkil etilgan Wellcome Photography Prize fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga sog’liqni saqlash, salomatlik mavzusidagi suratlar qabul qilinadi.

Ruhiy va yuqumli kasalliklar, hamda global isish muammolarining ta’siri yaqqol sezilmasa-da, dunyo bo’ylab turli davlat va yosh vakillariga zarar yetkazadi. Shunga qaramasdan, insonlarning ruhiy salomatligini boshqarish, yuqumli kasalliklar tarqalishini nazorat qilish va global isish sababli paydo bo’lgan o’zgarishlarga moslashish uchun turli choralar ko’rilmoqda. Tanlovga esa ana shu kurashni o’zida aks ettirgan suratlar qabul qilinadi. 

Tanlovga quyidagi 3 kategoriya bo’yicha fotosuratlarni taqdim etish mumkin:
• Managing Mental Health
• Fighting Infections
• Health in a Heating World

Har bir kategoriyada bittalik suratlar va seriyali suratlar (3-5 fotosurat) uchun alohida g’oliblar belgilanadi. 

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda har bir kategoriya bo’yicha finalga yetib kelgan ishtirokchilarning har biriga 1 000 funt sterling pul mukofoti beriladi.

Har bir kategoriya bo’yicha g’olib bo’lgan suratkashlarning (bittalik va seriyali suratlar uchun g’oliblarning) har biriga  10 000 funt sterlingdan taqdim etiladi.

Talablar:

  • Bitta ishtirokchi faqat bitta kategoriya bo’yicha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga taqdim etilgan suratlar 2015-yil 31-dekabrdan keyin tushirilgan bo’lishi zarur. Tanlov qoidalari
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar sifat darajasi, texnik jihatdan mukammalligi, kreativlik darajasi va aks etgan voqeaga asosan baholanadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 18-yanvargacha ariza berish mumkin. Arizalar bu yerda topshiriladi. Natijalar 2021-yil yozda e’lon qilinadi. Tanlov yangiliklaridan xabardor bo’lib turish uchun elektron pochta manzilingiz orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Tanlovga qanday suratlar qabul qilinishini bilib olish uchun bu yerda mavjud galereya bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun: PhotoPrize@wellcome.org 

Ko’p so’raladigan savollar (FAQ) bu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!