×

Wellington Doctoral Scholarships: bepul doktorantura kurslari va yiliga 15000 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1393 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Victoria University of Wellington universiteti doktorantura kurslariga qabul hamda shu kurslar uchun taqdim etiladigan Wellington Doctoral Scholarships grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi. Victoria University of Wellington doktorantura kurslari 3 yil davom etadi, va qabul qilingan eng iqtidorli tadqiqotchilarga grant belgilanadi. Universitetda mavjud barcha kurslar (shu jumladan, doktorantura kurslari) ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PhD kursiga qabul qilinib, Wellington Doctoral Scholarships dasturi doirasida grant berilgan tadqiqotchi bepul o’qish va 3 yil davomida yiliga 23500 Yangi Zelandiya dollari stipendiya (taxminan 15000 AQSh dollari) olish imkoniga ega bo’ladi.

Talablar:

PhD kurslariga qabul uchun talablar:

  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan PhD kursi yo’nalishiga mos bakalavr va magistratura darajalariga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grant yutib olish uchun esa juda yuqori baholarga o’qiganlik talab etiladi.
  • Nomzod yuqori sifatli tadqiqot olib borish imkoniyati va tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 (har bir qismidan olingan ball 6.0 dan kam bo’lmagan holda) yoki TOEFL IBT 90 (writing qismidan 20 balldan kam bo’lmagan holda) darajasida bilishi va sertifikatga ega bo’lishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatish yo’llari haqida batafsil
  • Ba’zi PhD kurslarida qabul uchun alohida talablar mavjud. Ular bilan batafsil tanishish uchun kerakli kurs sahifasiga
  • PhD kursiga qabul talablari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
  • Saralash jarayoni haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

PhD kurslariga arizalar 2020-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. PhD kurslari uchun ajratilgan Wellington Doctoral Scholarships grant dasturi uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Ariza berish uchun bu yerga bosing.

Dastur yoki qabul jarayoni to’g’risidagi murojaatlar uchun pg-research@vuw.ac.nz elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!