AQShdagi Wells Mountain Initiative tashkiloti ta’lim sohasini, jamiyatdagi islohotlarni qo’llab – quvvqtlash, yoshlarni jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida talabalarga WMI Scholarships Program dasturini e’lon qiladi. Dasturdan maqsad rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan yosh, umidli, yuqori potensilalli, liderlik qobiliyatiga ega, ammo moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarni moddiy rag’batlantirish. Dastur shu paytgacha 42 ta mamlakatdan bo’lgan 345 ta talabaga grant ajratgan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda g’olib bo’lgan talabalar uchun bakalavr kursi oxirigacha har yili 300 AQSh dollaridan 3 000 AQSh dollarigacha mablag’ ajratiladi. (Dastur g’oliblariga o’rtacha 1 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot beriladi) Ajratilgan mablag’ kontrakt to’lovini, kitob va o’quv qurollari yoki turar joy uchun sarflanishi mumkin. Batafsil
Talablar:
- Nomzod rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor)
- Nomzod o’z yurti yoki boshqa rivojlanayotgan mamlakatdagi oliygohning bakalavr bosqichi talabasi bo’lishi kerak
- Nomzod o’qishni bitirgach o’z yirtiga qaytib uning rivojiga hissa qo’shishmi maqsad qilgan bo’lishi zarur
- Nomzod yosh, umidli, yuqori potensilalli, liderlik qobiliyatiga ega, jamoatchi talaba bo’lishi kerak
- Nomzod avval ko’ngillilar uchun dasturda (volunteering project) qatnashgan bo’lishi yoki stipendiya olganidan so’ng buni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak
- Nomzod a’lochi bo’lishi lozim
- Garntlar moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, stipendiya berilmagan taqdirda o’qish imkoniyatidan mahrum talabalarga beriladi
Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2019-yil 1-aprelga qadar onlayn yoki pochta orqali qabul qilinadi.
- Onlayn ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar WMI rasmiy sayti yoki https://www.wellsmountaininitiative.org/prospective-scholars/ manzili orqali ariza va boshqa talab qilingan hujjatlarni topshirishlari zarur. Taqdim etilgan hujjatlarning formati JPG, PNG, GIF, DOC, DOCX, PDF bo’lishi, windows 2010 yoki undan keyingi dastur bo’yicha saqlangan bo’lishi kerak.
- Arizalarini pochta orqali jo’natmoqchi bo’lgan nomzodlar ushbu 2019 application form ariza shaklini chop etishlari, to’ldirishlari hamda talab qilingan boshqa hujjatlar bilan birga quyidagi manzilga jo’natishlari kerak:
Wells Mountain Initiative
25D Main Street
Bristol, VT 05443
USA
- Email orqali yuborilgan yoki to’liq bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi. Hujjat topshirishda tug’ilgan savollar bilan info@wellsmountaininitiative.org manziliga murojaat etishingiz mumkin.
- Natijalar 2019-yilning 1-avgustida e’lon qilinadi.
Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
- Ariza.
- Rasm.
- 2 ta esse (mavzular ariza shaklida berilgan).
- Shaxsiy bayonot.
- 2 ta tavsiyanoma ( Guidelines for Effective Application-Recommendation Letters).
- Yuqori maktab baholaridan ko’chirma (Baholash tizimi shabloni bilan birga).
- Bakalavr bosqichi baholari (Baholash tizimi shabloni bilan birga. Agar mavjud bo’lsa).
- Davlat imtihonlari natijalari (Baholash tizimi shabloni bilan birga).
Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol–javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:
Tel: (802) 453-4065
Fax: (802) 453-5135