×

Buyuk Britaniya: barcha bosqichlar uchun 5000 funt sterlinggacha grantlar


Grant

MUHLAT

28.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5328 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of West London tomonidan taqdim etiladigan International Ambassador Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr va keyingi bosqichlar uchun mo’ljallangan bo’lib, eng iqtidorli va eng faol chet ellik talabalarga beriladi. Grant University of West London vakiliga aylanish va uning rivojiga faol hissa qo’shish istagidagi talabalarni talabalarni rag’batlantirish maqsadida taqdim etiladi. Kurslar haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va keyingi bosqichda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Ambassador Scholarships grant dasturi doirasida 100 ta grant ajratilgan. Grantlar yilning 3 qabul mavsumiga teng taqsimlangan, ulardan biri hozir yopilgan. Yozgi va kuzgi qabul mavsumi uchun taxminan 60 nafar talabaning har biriga 5000 funt sterlinggacha grant beriladi. Grant talaba o’qishining faqat birinchi yili uchun chegirma sifatida beriladi.

Bakalavr bosqichi uchun kontrakt to’lovi haqida

Keyingi bosqichlar uchun kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod West London universitetida o’qitiladigan bakalavr yoki keyingi kurslardan biriga talabalika tavsiya etilgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ijtimoiy faol, tirishqoq, shijoatli va yetakchilik sifatlariga ega bo’lishi zarur.
  4. Nomzod o’qishi davomida Universitet hayotida faol ishtirok etish va muhim kunlarda ko’ngilli sifatida yordam berishga tayyor bo’lishi zarur.

Bakalavr va boshqa kurslar uchun qabul talablari haqida

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun avvaliga bakalavr yoki magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishingiz kerak. Shuning uchun avvaliga kursga hujjat topshiring. Kurslarga hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishing.

Grantga arizalar 2021-yil iyun oyida boshlanadigan kurslar uchun arizalar 28-martgacha, sentyabr oyida boshlanadigan kurslar uchun 4-iyulgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun ariza to’ldirib, int.app@uwl.ac.uk elektron manziliga yuborish zarur.

Ma’lumot uchun +44 (0)20 8231 raqami yoki courses@uwl.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!