×

West London universitetining “International Ambassador Scholarship” stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

15.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3098 marta

“International Ambassador Scholarship”  stipendiyasi West London universiteti nomidan elchi sifatida ishtirok etish niyatida bo’lgan yuqori potensialga ega talabalarga beriladi. Stipendiya cheklangan miqdordagi talabalarga berilib, ular tanlov asosida saralab olinadilar. Universitet elchilari West London Universiteti rasmiy vakillari sifatida barcha reklama kampaniyalarida ishtirok qiladilar, intervyu beradilar.

Grant kimlar uchun?

Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan davlat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har yili 50 ta bakalavriat, magistratura xalqaro talabalari yoki West London Universiteti bitiruvchisi mazkur stipendiyani olish mumkini. Grant hajmi 5,000 yevro bo’lib, faqat o’qishning birinchi yilida beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Yevropa ittifoqi maklamatlari fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • West London Universitetiga o’qishga kirgan yoki kirmoqchi bo’lishi kerak;
  • Sentabr oyida o’qishni boshlay olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Stipendiyani olish uchun arizani yuklab olish, to’ldirish va 15 iyul 2018-yilga qadar int.app@uwl.ac.uk email manziliga jo’natish lozim.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: int.app@uwl.ac.uk

Grant e'lon qilgan tashkilot:

University of West London

Diqqat!  Ushbu stipendiya dasturiga West London universitetiga o’qishga kirgach, ariza topshirishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!