×

Western Sydney University: bakalavr kurslarida o’qish uchun 5200 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1303 marta

Avstraliyada joylashgan nufuzli universitetlardan biri – Western Sydney University tomonidan xorijlik iqtidorli talabalarga beriladigan Western Sydney International Scholarships – Undergraduate grantlarini yutib olish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga beriladi. Barcha bakalavr kurslari ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 7500 Avstraliya dollari (taxminan 5218 AQSh dollari) va 5000 Avstraliya dollari (taxminan 3478 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi. Bu mablag’ talaba o’qishni tamomlaguniga qadar har yili berib boriladi va o’qish to’loviga chegirma sifatida to’lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod 12 yil ta’lim olgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ilgari bakalavr kursida o’qimagan bo’lishi kerak. Ya’ni, bakalavr diplomiga ega bo’lgan holda, boshqa bakalavr kursida boshqatdan o’qish istagidagi nomzodlarga grant berilmaydi.
  • Nomzod boshqa grant yutib olmagan bo’lishi kerak.
  • Universitetning Sydney City kampusida o’qish uchun grant berilmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan barcha talablar bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza berishingiz shart emas. Western Sydney University bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirsangiz, grant uchun ham nomzodlikka qo’yilasiz. Agar o’qishga qabul qilinsangiz va baholaringiz boshqa nomzodlarnikidan yuqoriroq bo’lsa, sizga grant belgilanadi.

Western Sydney University bakalavr kurslariga hujjatlar kurs to’lguniga qadar qabul qilinadi. Ammo Avstraliyaga borishga tayyorgarlik ko’rish va viza masalalariga vaqt ketishini hisobga olgan holda, ertaroq ariza topshirish kerak bo’ladi. Kursga ariza topshirishda universitetdagi o’nlab kurslar orasidan o’zingizga keraklisini tanlab, shu kursga arizalar qachongacha qabul qilinishini bilib olishingiz kerak bo’ladi. Arizalar bu yerda topshiriladi.

Savollaringiz bo’lsa, internationalscholarships@westernsydney.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!