×

Western Sydney University: Avstraliyada bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlarga 15 912 AQSh dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1299 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Gʻarbiy Sidney universiteti – Western Sydney University Western Sydney International Scholarships – Undergraduate dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yilning bahorgi semestrida boshlanadigan CRICOS bakalavr kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun BI uch yilgacha berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitet bakalavriat kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 25 000 dan 31 440 AUD (taxminan 17 680 dan 22 235 USD)gacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yil davomida kontrakt pulidan har yilga 7 500 AUD (taxminan 5 304 USD)dan jami 22 500 AUD (taxminan 15 912 USD) yoki 5 000 AUD (taxminan 3 536 USD) dan jami 15 000 AUD (taxminan 10 608 USD) chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (baholari 100 foizdan kamida 75%) boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan CRICOS bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Ayni vaqtda WSUda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • 80 ECT dan kam kredit toʻplaydigan kurslarga oʻqishga kirgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Sydney City kampusida oʻqishga kirgan nomzodlar aiza bera olmaydi.
  • 160 ECT dan koʻp kreditli kurslarga ariza berganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.
  • Exchange dasturlari boʻyicha oʻqiydiganlar ariza topshira olmaydi.
  • Tibbiyot kurslariga hujjat topshirgan talabalar ariza bera olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar WSUning CRICOS bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi.  Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati – 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Shu yerda onlayn tarzda ariza topshiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. barcha hujjatlar ingliz tilida topahiriladi. Ungliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: internationalscholarships@westernsydney.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!