×

Western Sydney University: Magistratura bosqichida oʻqish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1002 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Gʻarbiy Sidney universiteti – Western Sydney University Western Sydney International Scholarships – Postgraduate dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Ayni vaqtda dastur 2020-yilning bahorgi semestrida boshlanadigan magistratura kurslarida oʻqishni xohlagan talabalardan hujjat qabul qilmoqda. Grant ikki yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitet magistratura kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 13 380 dan 32 640 AUD (taxminan 9 401 dan 22 933 USD)gacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga 2 yilgacha kontrakt pulidan bir yilga 7 500 AUD (taxminan 5 304 USD) yoki ikki yilga 5 000 AUD (taxminan 3 536 USD) dan chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan CRICOS magistratura (postgraduate) kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod dedlayndan 2 oy oldin oʻqishga hujjat topshirishi kerak.
  • Ayni vaqtda WSUda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • WSUdan boshqa grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.
  • Exchange dasturlari boʻyicha oʻqiydiganlar ariza topshira olmaydi.
  • HDR/PhD kurslarida talabalari bu grantga ariza bera olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar WSUning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Ayni vaqtda 2020-yil boshlanadigan kurslarga hujjat qabul qilinmoqda. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati – 15-noyabrgacha. Ammo grant olish uchun 2 oy oldin hujjat topshirish kerak!

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Shu yerda onlayn tarzda ariza topshiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • CV/resume.
  • Tavsiyanoma.
  • Research proposal.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: internationalscholarships@westernsydney.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!