×

Westminster University: Westminster Undergraduate Half-Fee Scholarship dasturi!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2087 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Westministr Universiteti o’zining bakalavr bosqichidagi talabalariga Westminster Undergraduate Half-Fee Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan balalavr kurslariga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida to’rt nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovining 50 foizi qoplanadi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Dastur barcha mamlakat fuqarolari uchun ochiq (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q);
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Westminster Universiteti kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak;
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak;
  4. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur;
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Stipendiyaga loyiq deb topilmagan nomzodlar grant dasturiga kamida ikki kalendar yilidan keyin qayta hujjat topshirishlari mumkin.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning sentabrida boshlanadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 31-mayiga qadar topshirilishi kerak. Saralash bosqichidan o’ta olmagan nomzodlarga e-mail orqali habar beriladi. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilmaydi. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:

Scholarships Office
University of Westminster
Cavendish House
101 New Cavendish Street
London W1W 6XH
United Kingdom

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (ariza shakli yuklab olinadi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga ko’rsatilgan manzilga pochta orqali jo’natiladi).
  2. Westminster Universitetiga shartli/shartsiz qabul qilinganlik haqidagi xat nusxasi.
  3. Bakalavrdan oldingi bosqichda olingan baholar (ingliz tilidagi tarjimasi bilan).
  4. Tavsiyanoma (tavsiyanima grant dasturi uchun mahsus yozilgan, oldin hech qayerga taqdim etilmagan bo’lishi zarur).
  5. CV (majburiy emas).
  6. 4 000 funt sterling miqdoridagi depozit (to’liq stipendiya olmaydigan yoki o’zini o’zi ta’minlaydigan chet ellik talabalardan viza olish jarayonida bankka qo’yishi lozim bo’lgan mablag’).

Hujjatlarga qo’yilgan talablar

Grant dasturiga topshiriladigan hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

  1. Ariza shakli qo’lda emas, kompyuter orqali to’ldirilgan bo’lishi kerak.
  2. Arizaning hamma bo’limlari to’ldirilgan bo’lishi kerak (to’liq bo’lmagan arizalar qabul qilinmaydi).
  3. Kerakli hujjatlar ro’yxati” dagi barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur.
  4. Ro’yxatda so’ralmagan hujjatlarni, hujjatlaringizning original nusxasini jo’natmang.
  5. Arizani to’ldirishda belgilangan so’z miqdoriga e’tibor bering (word limit).
  6. Arizaning grammatik hamda stilistik jihatdan to’g’ri to’ldirilganligiga ahamiyat bering.
  7. Arizani jo’natishdan oldin undan nusxa ko’chirib oling.

 

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Yuqori maktab attestati yoki o’rta mahsus ma’lumot haqidagi diplom nusxasi
  3. Baholar (baholar o’rtacha 60 – 65%dan past bo’lmasligi kerak)
  4. IELTS 6.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 5.5ball (ba’zi yo’nalishlarda bundan balandroq ball talab qilinishi mumkin).

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti yoki savol – javoblardan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +44 (0)20 7911 5000
Email: development@westminster.ac.uk yoki course-enquiries@westminster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!