Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Westminster Universiteti o’zining bakalavr bosqichidagi talabalariga Westminster Full International Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2020-yil kuzda boshlanadigan balalavr kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan xorijlik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida uch nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan. Nomzod universitetdagi bakalavrlik dasturlaridan istalgan birini tanlashi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatda o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:
- Talabaning kontrakt puli to’liq qoplanadi.
- Stipendiant turar joy bilan ta’minlanadi.
- G’olibga kundalik xarajatlar uchun oylik stipendiya ajratiladi.
- Talabaning Londonga kelishi va yurtiga qaytishi uchun aviachipta olib beriladi.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Westminster Universiteti kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
- Grant qiyinchiliklarga duch kelgan, o’gir sharoitlarda yashaganiga qaramay muvaffaqqiyatga erishgan, ulkan akademik va professional yutuqlarga ega talabaga beriladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
2020-yilning sentabrida boshlanadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 29-mayiga qadar topshirilishi kerak. Ushbu dastur iqtisodiy ta’minot dasturi bo’lganligi sababli nomzod bir vaqtning o’zida faqat bitta grantga ariza berishi mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza. Ariza shaklini to’ldirishda nomzod shaxsiy bayonot, keljakdagi rejalari, moliyaviy ahvoli haqidagi savollarga javob yozishi kerak.
- Westminster Universitetiga qabul qilinganlik haqidagi xat nusxasi.
- Bakalavrdan oldingi bosqichda olingan baholar (ingliz tilidagi tarjimasi bilan);.
- Tavsiyanoma.
- CV (majburiy emas).
Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:
Scholarship Office
University of Westminster
Cavendish House
101 New Cavendish Street
London
W1W 6 XH
Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza. Ariza shaklini to’ldirishda nomzod shaxsiy bayonot, keljakdagi rejalari, moliyaviy ahvoli haqidagi savollarga javob yozishi kerak.
- Yuqori maktab shahodatnomasi yoki o’rta maxsus ma’lumot haqidagi diplom nusxasi
- Baholar (baholar o’rtacha 60 – 65%dan past bo’lmasligi kerak)
- IELTS 6.0 va undan baland (har bir bo’limdan kamida 5.5ball)
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Scholarships office
Tel: +44 (0)20 7911 5000 ext 66257/66258/66259
Email: scholarships@westminster.ac.uk.