Harward University Graduate School of Design tomonidan yilda bir bor o’tkaziladigan Wheelwright Prize tanlovi bu yil ham butun dunyo yosh arxitektorlarini yorqin g’oyalari bilan ishtirok etishga taklif qilmoqda. Tanlov dasturidan asosiy maqsad xalqaro madaniy aloqalar orqali arxitektura sohasini rivojlantirishga hissa qo’shuvchi yangidan yangi g’oyalarni shakllantirish.
Tanlov so’nggida beriladigan mukofot arxitektorga dunyo bo’ylab o’tkaziladigan sayohatlarini moliyalashtirishga yordam berish maqsadida beriladi. Bunda mukofot uchun eng munosib deb topilgan, ya’ni eng kuchli va umidli g’oyalarga ega qatnashchiga dunyodagi biror davlatda tadqiqot olib borishi uchun modiy ta’minot tashkil etib beriladi.
Grant kimlar uchun?
Arxitektorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Wheelwright 2019 tanlovi g’olibi quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
- Sayohat va tadqiqotlarni qo’llab quvvatlash uchun 100000 AQSh dollari pul mukofoti
- Garvard Universitetida o’tkaziladigan ma’ruzaga taklifnoma
- Undan tashqari, Garvard universiteti nashriyoti tanlovga topshirilgan tadqiqot namunalarini chop etishi ham mumkin.
Talablar:
Wheelwright 2019 tanlovida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Nomzod Arxitektura sohasida ta’lim olgan bo’lishi lozim (ta’lim olgan vaqti 2003 va 2018 yillar oralig’iiga to’g’ri kelishi lozim)
- Nomzod avval ushbu tanlovda ilgari g’olib bo’lmagan bo’lishi lozim.
- Nomzodlar bir vaqtning o’zida boshqa tanlovlarda ishtirok etolmaydilar.
- Tanlovda guruh bo’lib ishtirok etish mumkin emas.
- Garvard universiteti ma’ruzachilari hamda hodimlari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas.
- G’oliblar xorijiy mamlakatlarda 6 oy davomida ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazishga tayyor bo’lishlari lozim.
- Mukofot qo’lga kiritilgandan keyin nomzod 12 oy ichida o’z tadqiqot ishlarini boshlashi hamda 2 yil muddat ichida yakunlashi lozim.
- Nomzod qo’lgan kiritilgan mukofotni universitet kontrakt to’lovi maqsadida sarflamasligi lozim. Mukofot faqatgina tadqiqot xarajatlari uchun taqdim etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Wheelwright 2019 tanlovida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish lozim, bu haqda batafsil bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo’ladi:
- Kamida 10 ta su’ratdan iborat Portfolio.
- Nomzod ilmiy ishi namunasini ham yuborishi lozim (hujjat pdf formatda, ingliz tilida 10 betdan oshmagan bo’lishi lozim).
- Hajmi 6000 belgidan oshmagan ilmiy tadqiqot loyihas.i
- Nomzod ilmiy tadqiqoti maqsadida tashrif buyuradigan saytlar ro’yxati, takliflar va taklif etilayotgan tadqiqot kun tartibini qo’llab-quvvatlaydigan boshqa resurslar, shu jumladan sayohat yo’nalishi haqida ma’lumotlar joylashi ham so’raladi.
- Nomzod haqida ma’lumot beroladigan 3 ta shaxsga bog’lanish uchun kerakli ma’lumotlar. Tanlov hay’ati keyinchalik nomzod haqida chuqurroq o’rganish uchun bu shaxslarga murojaat qilishi mumkin.
Ro’yhatdan o’tish talablari bilan bu yerda yanda to’liq tanishib chiqishingiz lozim.
Hujjat topshirishda asosan o’z ishlaringiz jamlangan “portfolio”, siz olib bormoqchi bo’lgan tadqiqot taklifi va shu tadqiqot olib borilishi rejalashtirilgan safar rejasini taqdim etishingiz kerak.
Onlayn ro’yhatdan o’tish ingliz tilida amalga oshiriladi hamda taqdim etiladigan hujjatlar ham inliz tilida bo’lishi so’raladi. Ro’yhatdan o’tish uchun nomzod xizmat ko’rsatish to’lovini ya’ni 10 AQSH dollari to’lab berishi lozim.
Qo’shimcha ma’lumot uchun info@wheelwrightprize.org elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.