×

Widener University: AQSh bakalavr kurslarida o’qish uchun 4 yilga 100 000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5292 marta

AQShda joylashgan Widener Universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan Academic Merit Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga kirgan, maktab, kollej yoki litseyda a’lo baholarga o’qigan, akademik yutuqlarga erishgan va o’qish salohiyati har tomonlama yuqori bo’lgan talabalarga beriladi. Grantlar nomzodning baholari, test natijalari va o’qishga oid boshqa ko’rsatkichlari asosida belgilanadi. Widener universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yil davomida umumiy qiymati taxminan 100 000 AQSh dollariga teng grant beriladi. Grant kontrakt to’lovi uchun sarflanishi mumkin. Nomzodning ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, ko’proq yoki kamroq grant belgilanishi ham mumkin.

Kontrakt qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktab, kollej yoki litseyni tamomlagan bo’lishi yoki kuzda o’qish boshlanguniga qadar tamomlashi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5, TOEFL IBT 80 kabi test sertifikatlari talab qilinadi.
  • Nomzod SAT yoki ACT kabi test natijalarini ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bu testlarni topshirish 2021-yildan boshlab ixtiyoriy qilib belgilangan.
  • Nomzodning baholari va o’qishga oid boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lishi, tengdoshlari orasida yaxshi o’qishi va akademik salohiyati bilan ajralib turishi kerak.
  • Muhandislik, hamshiralik kabi ba’zi fakultetlarga qabul talablarida qo’shimcha bandlar mavjud. Batafsil bu yerda o’qing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizalar yil davomida qabul qilinadi va hujjat topshirilgan kundan boshlab 2-4 hafta ichida natijalar e’lon qilinadi. Bakalavr kursiga arizani bu yerda topshirishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi va baholari. Agar bu hujjatlar ingliz tilida bo’lmasa, rasman tarjima qilinishi va tasdiqlanishi kerak. Diplom va baholarni email orqali admissionsintl@widener.edu manziliga yuborish ham mumkin.
  2. Ingliz tili testi sertifikati
  3. SAT, ACT kabi test natijalari
  4. Tavsiyanoma
  5. Pasport nusxasi
  6. Motivatsiya inshosi
  7. Onlayn ariza tizimida so’ralgan boshqa hujjatlar.

Murojaat uchun: admissions.office@widener.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!