×

WIN WIN Youth Award tanloviga ishtirok etib, pul mukofoti va Shvetsiyaga bepul sayohatni qoʻlga kiriting!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5327 marta

Kelajak uchun barqaror va samarali hayot qurishga o’z hissasini qo’shib, bugunning dolzarb muammolariga yechim topgan yoshlarni, yoshlar tashkilotlari hamda ijtimoiy harakatlarini taqdirlash va e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan WIN WIN Youth Award tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning bu yilgi mavzusi – Antikorrupsiya (Anti-corruption).

Ishtirokchi shaxslar, tashkilotlar yoki ijtimoiy harakatlar tanlovga antikorrupsiyaga oid boʻlgan tugagan yoki davom etayotgan loyiha / ish / tashabbusni taqdim etishi kerak.

Grant kimlar uchun?

13-29 yoshdagi shaxslar, shunday yoshdagi aʼzolari boʻlgan tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 50 000 SEK (taxminan 5750 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. Taqdirlash marosimi Shvetsiyaning Gotenburg shahrida 2021-yilning 21-oktabr kuni bo’lib o’tadi. Gʻolib 4 kun (18-22-oktabr kunlari) davomida Gotenberg shahridagi turli tadbirlarda qatnashadi. Bunda uning borish-kelish hamda turar joy xarajatlari qoplab beriladi.

Agar gʻolib 18 yoshdan kichik boʻlsa, oʻzi bilan yana bir kishini olib boradi va qoʻshilib borgan kishi uchun ham borish-kelish hamda turar joy xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish qoidalari:

  1. Tanlovda 13-29-yoshlar oralogʻidagi jismoniy shaxslar yoki asosan shunday yoshdagi aʼzolarga ega tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar antikorrupsiya mavzusiga oid boʻlib, hozirda amalga oshayotgan bo’lishi yoki yaqinda amalga oshirilgan bo’lishi zarur. Ya’ni tanlov turli loyihalar uchun shunchaki g’oyalarni emas, amalga tatbiq qilingan / qilinayotgan loyihalarni mukofotlaydi.
  3. Ishtirokchi tashkilotlarning loyiha / tashabbuslari mahalliy yoki mamlakat miqyosida boʻlishi mumkin. Shuningdek, har qanday siyosiy partiyalardan mustaqil boʻlishi lozim. Bundan tashqari, demokratik tamoyillarga asoslangan hamda diskriminatsiyaning har qanday shakliga qarshi ishlaydigan hamda tenglik qadriyatlariga asoslangan boʻlishi kerak.

Loyihalarni saralash mezonlari quyidagicha:

  1. Loyihaning ta’siri – tanlovga taqdim etilgan loyiha korrupsiyaga qarshi kurashda ijobiy ta’sir ko’rsatgan / koʻrsatayotgan boʻlishi zarur.
  2. Atroflicha yondashuv – Loyiha atrof-muhit, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarning barchasini hisobga olishi kerak.
  3. Ijodkorlik – loyiha ijodiy va o’ziga xos tarzda amalga oshiril(ayot)gan bo’lishi kerak.
  4. Birlashtirish – loyiha insonlarni birlashtirishi kerak.
  5. Innovatsiya – loyihada yangilik qilingan bo’lishi kerak.
  6. Qamrov – loyihani yangilash (qaytadan amalga oshirish) va miqyosini kengaytirish mumkin bo’lishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 2021-yilning 20-apreliga qadar ariza berish mumkin. Tanlovda shaxsan qatnashish yoki boshqa nomzodni tavsiya qilish mumkin. Arizalar bu yerda topshiriladi. To’liq ma’lumot uchun tanlov nizomi bilan tanishib chiqing. Savollaringizni yo’llash uchun ushbu shaxslarga murojaat qiling:

Lovisa Ralpher – Loyiha menejeri. lovisa.ralpher@chalmers.se

Lisa Kolarby – Loyiha Assistenti. lisa.kolarby@chalmers.se

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!