×

Wise Awards tanlovi: ta’lim loyihalari uchun 20 000 AQSh dollari mukofot!


Grant

MUHLAT

20.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1981 marta

WISE Awards tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda har yili ta’limdagi global muammolarga yechim bo’la olgan 6 ta loyiha e’tirof etiladi. 

Tanlovga 2009-yildan beri 150 dan ortiq davlatlardan 3000ga yaqin arizalar kelib tushgan va 72 ta loyiha innovatsionligi va ijobiy natijalari uchun mukofotlangan. Tanlovda g’olib bo’lish uchun tanlovga taqdim etilgan loyiha ta’limning barcha bosqichlari va turli muhitlarda uchraydigan muammolarga eng kreativ va innovatsion usulda yechim taklif etishi kerak. 

Ta’lim sohasida ishlaydigan kollejlar, universitetlar, akademik tarmoqlar, maktablar, fuqarolik jamiyati va jamoat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro agentliklar va xususiy sektor kompaniyalari kabilar tomonidan olib borilayotgan loyihalar tanlovda ishtirok etishi mumkin.

WISE mukofotiga munosib deb topilgan loyihalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir g’olibga 20 000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi. Undan tashqari, loyiha haqida hujjatli filmlar, ko’rsatuvlar tayyorlanadi. Loyiha tashkilotchilari Qatarda bo’lib o’tadigan WISE sammitida ishtirok etish imkoniga ega bo’ladilar. 

Talablar:

  • Tanlovga taqdim etilgan loyihalar va arizalar ingliz tilida yozilgan bo’lishi kerak.
  • Tanlovda dunyoning istalgan qismida olib borilayotgan loyihalar topshirilishi mumkin.
  • Loyiha moliyaviy jihatdan barqaror, kelajakka oid aniq rejalarga ega, amalda ijobiy natijalar ko’rsata olgan va dunyoning boshqa hududlarida boshqa vaziyatlarda ham amalga oshirishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha tashkilotchisining o’zi hujjat topshirishi yoki ma’lum loyiha boshqa shaxs tomonidan nomzodlikka ko’rsatilishi mumkin. Nomzodlikka arizalar 2021-yil 20-yanvarga qadar qabul qilinadi. Arizalar/nomzodlar bu yerda topshiriladi/ko’rsatiladi. Natijalar oktyabr oyi o’rtalarida e’lon qilinadi.

awards@wise.org.qa

Murojaat uchun: 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!