Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan Varvik universiteti – University of Warwick navbatdagi WMG (Warwick Manufacturing Group) Excellence Scholarship dasturiga magistraturada oʻqish istagida boʻlgan bilimli, salohiyatli va intiluvchan yoshlardan arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi kuchli tanlov asosida oʻtkaziladi va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻqish pulini qoplash uchun chegirmalar taqdim etadi. Nomzod Varvik universitetida mavjud bo’lgan istalgan magistlik (Full-time MSc) dasturlaridan birini tanlashi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga 25% dan 50% gacha oʻqish puli toʻlab beriladi.
Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi, undan tashqari yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar toʻlovini nazarda tutmaydi. Shuningdek, WMG Excellence stipendiyasi barcha MSc full-time dasturlariga taalluqli. MSc full-time dasturlarida tahsil olish muddati bir yil.
University of Warwick magistratura kursining kontrakt toʻlovi bir yil uchun o’rtacha 25 870 funt sterling (32 947 AQSh dollari)ga teng.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod WMGning MSc full-time (toʻliq magistratura) dasturiga 2019-yil sentabrdan oʻqish uchun ariza berishi va qabul qilinishi lozim.
- Nomzod malaka uchun yuqori akademik baholarga va/yoki kuchli kasbiy profilga ega boʻlishi kerak.
- Shartli taklif egalariga stipendiya ular oʻqiyotgan kursning yakunidagi natijalariga koʻra ajratiladi.
- Stipendiya dasturi oʻzini-oʻzi moliyalashtiruvchi talabalar uchun moʻljallangan (Ammo dastur doirasida tashqi tashkilotlar tomonidan qisman moliyalashtirilayotgan yoki taʼlim krediti orqali oʻqish pulini toʻlayotgan talabalarning arizalari ham koʻrib chiqiladi. Nomzod agar yuqoridagi kabi stipendiyalardan birining ega boʻlsa, bu haqida stipendiya komissiyasini ogohlantirishi lozim).
- Nomzod o’zi tanlagan magistrlik dasturi qabul shartlariga va til talabiga mos bo’lishi kerak (IELTS/TOEFL so’raladi).
Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, professional tajriba, oʻqishga motivatsiya va kelajakni koʻra olish mezonlariga asosan amalga oshiriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun ariza shakli (application form)ni toʻldirish: SHU YERDA.
Application formda savollar qismlarga boʻlib berilgan, ularga toʻliq javob berish lozim:
- Oʻzingiz haqingizda:
- Warwick ID;
- Familiya, ism, sharif;
- Elektron pochta;
- Millat;
- Tanlagan MSc full-time kurs nomi (roʻyxatdan tanlanadi);
- Ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE);
- Akademik maʼlumotlaringiz:
- Davlat;
- Universitet;
- Yoʻnalish;
- GPA/kurs/tasnif;
- Bakalavr yoki aspirant darajasiga egalik;
- Stipendiyaga ariza berish:
- Oʻqishdan koʻzlagan maqsadingiz va kelajakdagi rejalarngiz haqida 2500 ta belgidan oshmagan motivatsion esse.
- Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha ishlaganmisiz, tajribangiz bormi, qanday tadbirlar yoki tadqiqotlarda ishtirok etgansiz (2500 belgi).
- Varvik universiteti va WMG Excellence Scholarship dasturi haqida qayerdan maʼlumot oldingiz?
- Boshqa stipendiyalarga hujjat topshirib javobini kutayapsizmi?
- Deklaratsiya (toʻldirilgan maʼlumotlarning barchasini oʻzingiz amalga oshirganingiz haqida) va mahfiylikni saqlashga rozilik.
- “Submit application”ni bosib, arizangizni joʻnating.
Natijalarning eʼlon qilinishi
- Natijalar 2019-yilning 1-mayida eʼlon qilinadi;
*WMG Excellence Scholarship dasturi byudjeti chegaralanganligi sababli, iloji boricha erta ariza topshirish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, WMG Excellence Scholarships dasturida koʻzda tutilgan stipendiya hajmi va sonini oʻzgartirishi mumkin.
Bogʻlanish uchun:
Manzil: WMG Masterʻs, International Manufacturing Centre, University of Warwick, Coventry, CV4 7AL, UK
Pochta manzili: WMG Admissions Office, WMG, International Manufacturing Centre, University of Warwick, Coventry, CV4 7AL, UK
Telefon: +44 (0)24 7657 5889 (Recruitment Manager); +44 (0)24 7652 3691 (Admissions Office)
Elektron pochta: wmgmasters@warwick.ac.uk