×

Women-in-Tech Scholarship Program: Ayollar uchun texnologiya sohasida 6 oylik bepul onlayn o’quv kurslari; joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3968 marta

GreyCampus onlayn ta’lim platformasi tomonidan tashkil etilgan Women-in-Tech Scholarship Program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant faqat ayollar uchun berilib, zamonaviy texnologiyalar davrida butun dunyo ayollariga ish faoliyatlarida malakalarini oshirishga ko’maklashishni maqsad qiladi. Grant Data Science va Full Stack Development sohalari bo’yicha bepul onlayn kurslarni o’qish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu o’quv kurslari 6 oy davom etadi. Ikkala o’quv kurs dasturi ham amaliy o’quv mashg’ulotlariga asoslangan bo’lib, jonli tarzda mutaxassislar tomonidan olib boriladigan darslar, viktorinalar, laboratoriya ishlari, loyihalar, rahbarlik faoliyatlari va karyera bilan bog’liq xizmatlardan foydalanish (ish suhbatlariga tayyorgarlik ko’rish, rezyume tayyorlash) kabilarni o’z ichiga oladi.

Onlayn platformadagi ushbu o’quv dasturlari va boshqa mavjud dasturlar haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzod 6 oy davomida bepul onlayn o’quv kurslarida o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Talablar:

Grantni qo’lga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Ushbu stipendiya faqat ayollar uchun mo’ljallangan bo’lib, arizachi eng kamida 21 yosh bo’lishi kerak.
  • Nomzod 6 oy davomida har hafta dasturlash uchun 20 soat vaqt ajrata olishi kerak.
  • Dasturlash bo’yicha boshlang’ich tushunchaga ega bo’lish talab etiladi.
  • Grantga hozirda ish faoliyatini olib borayotgan xodimlar, ish sohasida tanaffus qilgan va o’z karyerasini yangidan boshlash istagidagilar, ish joyi ichki imkoniyatlaridan foydalanish va malakasini oshirishni xohlovchilar, ta’limning istalgan turini tugatgan yoki yaqin 6 oy ichida tugatib, karyera boshlash maqsadidagilar ariza berishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar 2021-yil, 31-mart sanasigacha onlayn qabul qilinib, hech qanday hujjat taqdim etish talab etilmaydi. Ariza topshirish jarayoni 3 bosqichdan iborat va barchasi ketma-ketlikda bajarilishi shart.

  1. Ariza shaklini to’ldirish.
  2. Kirish imtihonini topshirish va keyingi bosqichga yo’llanma olish.
  3. Komissiya a’zolari bilan suhbat.

Ariza shaklini to’ldirish uchun 10 daqiqa, kirish imtihonini topshirish uchun 15 daqiqa vaqt  belgilangan. Ariza shakli va kirish imtihoni natijalari qabul a’zolari tomonidan ko’rib chiqiladi va saralashdan o’tgan nomzodlar uchun suhbat sanasi belgilanadi.

Onlayn arizani boshlash uchun bu yerga bosing.

Grant haqida va qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing. Savollar yuzasidan admissions@greycampus.com elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!