×

Women in Technology Scholarship: IT sohasida oʻqiyotgan ayol-qizlar uchun 8 000 AQSh dollar grant; joy – 20 ta


Grant

MUHLAT

15.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3092 marta

AQShda joylashgan Zonta International jamgʻarmasi ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi, ayniqsa texnologiya sohasidagi oʻrinini oshirish maqsadida Women in Technology Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Dasturga dunyoning istalgan davlatidan boʻlgan, axborot texnologiyalar (IT) sohasi boʻyicha oliygohlarda tahsil olayotgan ayol-qizlar ariza berishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

OTMda IT sohasida oʻqiyotgan ayol-qiz talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida 20 nafar gʻolib ishtirokchining har biriga 8000 AQSh dollarigacha bir martalik pul mukofoti berish rejalashtirilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  • Dasturda nomzodning yoshiga oid chegaralar yoʻq.
  • Nomzod davlat tomonidan tan olingan oliygohlardan birida IT yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan talaba/tadqiqotchi boʻlishi zarur.
  • Bakalavriatda oʻqiyotgan talabalar kamida 2-kursda tahsil olayotgan boʻlishi kerak. Magistratura yoki PhD talabalari esa istalgan kursda tahsil olayotgan boʻlishi mumkin.
  • Nomzod aʻlochi, yuqori potensialli talaba boʻlishi va kelajakda IT sohasida faoliyat yuritishga qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod oʻqishini 2022-yil aprel oyidan oldin tugatmasligi kerak.
  • Masofaviy taʻlim olayotgan ayollar ham grantga hujjat topshirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanishi kerak. Arizalar 2021-yil 15-oktyabrgacha qabul qilinadi. Ariza shakli bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

 Kerakli hujjatlar:

  • Nomzod oʻqiyotgan oliygohdan maʼlumotnoma.
  • Reyting daftarchasidan koʻchirma.
  • Oldingi bosqich diplomlari va baholari nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
  • 2 ta tavsiyanoma (nomzodning ilmiy rahbari/oʻqituvchisidan).
  • Yutib olingan grantlar va faxriy yorliqlar (agar mavjud boʻlsa).

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan topshirilishi kerak. Natijalar 2022-yil aprel oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan muroaaj uchun:

Email: programs@zonta.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!