×

Woodruff Scholarship: AQSh bakalavr kursida bepul o’qish imkoniyati – yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlari ham qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1823 marta

AQShning Georgia shtatida joylashgan Emory University oliygohi tomonidan beriladigan Woodruff Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Emory College of Arts and Sciences oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni qo’llab quvvatlash. Emory universitetida o’qitiladigan barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 4 yillik bakalavr kursi uchun kontrakt to’lovidan ozod etiladilar, Undan tashqari, talabaning yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlari ham qoplab beriladi.  Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Emory College of Arts and Sciences oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7.5 ball, TOEFL IBT 100 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Emory College of Arts and Sciences bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjattlar bu yerda 2020-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi::

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admission@emory.edu elektron manziliga yoki 4047276036

raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!