×

Woods Hole: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 12 haftagacha haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!


Grant

MUHLAT

06.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11856 marta

Woods Hole Oceanographic Institution (WHIO) 1930-yilda AQSh’ning Massachusets shtatida tashkil qilingan muassasa bo’lib, asosan okeanografika va tabiiy fanlar kabi o’quv dasturlarini o’z ichiga qamrab oladi. Bu muassasa bakalavriat talabalari uchun stipendiyali yozgi tadqiqot dasturini taklif qiladi.

Bu dastur davomidagi turli seminarlar va mashgʻulotlar okeanografik tadqiqotlarning koʻplab sohalari bilan tanishish imkonini beradi. Ishtirokchilar biriktirilgan xodimlar bilan birga muayyan tadqiqot loyihasini amalga oshiradi. Shuningdek, yozgi maʼruzalar, fan etikasi boʻyicha seminarda qatnashish talab etiladi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari haqida yozma hisobot topshirish ham soʻraladi. Dastur 10-12 hafta davom etadi.

Dasturga har yili 25-30 nafar talaba qabul qilinadi.

Tabiiy fanlar yoki muhandislik sohalarida, jumladan, biologiya, kimyo, muhandislik, geologiya, geofizika, matematika, meteorologiya, fizika, okeanografiya va dengiz siyosati hamda shunga oʻxshash sohalarida tahsil olayotgan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Loyiha tanlash. Stipendiyalar ilmiy yoki katta texnik xodimlarning rahbarligi ostida mustaqil tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun beriladi. Ushbu loyihalar odatda maslahatchi tomonidan taklif qilinadi va talaba va maslahatchi tomonidan birgalikda kelishib olinadi. Maslahatchilar talabaga bir yozgi ishda mazmunli natijalar berishi mumkin boʻlgan tadqiqot loyihasini tanlash va davom ettirishda yordam beradi. Ishtirokchilar 200 dan ortiq amaliy tadqiqotchi olimlar va muhandislar hamda yirik okeanografiya instituti ob’ektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan tadqiqot loyihasini tanlash va davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

Tanishing:

Nomzodlarni WHOI assistentlari, dotsenti yoki katta olimi bilan bog’lanib, ulardan maslahat olishlari tavsiya qilinadi (bu majburiy emas).

Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlarga ariza topshirishlari mumkin:

Grant kimlar uchun?

Oxirgi kursdan bitta oldingiz kursda oʻqiyotgan bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  1. Haftasiga 680 AQSH dollari miqdorida stipendiya ajratiladi (xorijlik talabalar uchun bu stipendiyadan 14% miqdorida daromad soligi chegirib qolinadi.
  2. Sayohat xarajatlari uchun 700 AQSH dollari miqdorida mablagʻ beriladi;
  3. Bepul turarjoy bilan ta’minlanadi.
  4. Ishtirokchilarga J-1 vizasini olishda yordam beriladi. J-1 vizasini olish uchun ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Dastur boshlangunga (2024-yil yoz) qadar:
    – 4 yillik bakalavriat dasturining 3-bosqichini tamomlagan
    – 3 yillik bakalavriat dasturining 2-bosqichini tamomlan
    – 5 yillik bakalavriat dasturining 3-bosqichini tamomlagan
    – 6 yillik bakalavriat dasturining 5-bosqichini tamomlagan boʻlishlari lozim.
  3. Nomzodlar biologiya, kimyo, muhandislik, geologiya, geofizika, matematika, meteorologiya, fizika, okeanografiya va dengiz siyosati yoki shunga oʻxshash boshqa sohada tahsil olayotgan boʻlishlari kerak.
  4. Nomzodlar okean fanlari, okeanografik muhandislik yoki dengiz siyosatiga qiziqishlari kerak.
  5. Yozning oxirida barcha ishtirokchilar oʻzlarining tadqiqotlari haqida yozma hisobot tayyorlashlari kerak, shuningdek, oʻz natijalarini ommaviy ravishda ogʻzaki yoki poster shaklida taqdimoti qilishlari kerak.
  6. Barcha ishtirokchilar yozgi ma’ruza va seminarlarda qatnashishlari shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladin(dastlab, roʻyxatdan oʻtish va hisob ochish lozim). Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • CV/rezyume.
  • Bakalavriatda hozirgacha olingan baholar.
  • Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar
  • Tadqiqot bayoni (bu berilgan savollar asosida yoziladi).

Yuqoridagi hujjatlar taʼrifi, qanday tayyorlanishi kerakligi va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va qabul talablari bilan toʻliq tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: education@whoi.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!