×

Wooster College: AQSh universiteti bakalavr kursida bepul o’qish uchun grant


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2795 marta

AQShda joylashgan Wooster College universiteti tomonidan beriladigan Need Based Financial Aid grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan va moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj talabalarga beriladi. Wooster College’da mavjud barcha yo’nalishlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Eslatma: AQSh universitetlarida odatda 2 turdagi grantlar beriladi: “merit-based” va “need-based”. Merit-based grantlar asosan nomzodning baholari va erishgan yutuqlaridan kelib chiqib beriladi. Need-based grantlarni taqsimlashda nomzodning grantga muhtojlik darajasiga asosiy e’tibor beriladi. Odatda merit-based grantlarda nomzodning moliyaviy holati va need-based grantlarda nomzodning baholari ham inobatga olinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodning arizasi uning moliyaviy holati va qancha moliyaviy yordamga muhtojligiga asosan ko’rib chiqiladi. Need-based granti miqdori hisoblab chiqilgach, kontrakt to’loviga shuncha chegirma qilinadi. Bunda o’qish to’lovidan butunlay ozod qilinish yoki kontraktning bir qismi uchun chegirmaga ega bo’lish mumkin. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollej, litsey) bitirgan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod IELTS, TOEFL, SAT, ACT, PTE Academic yoki Duolingo testlaridan biri sertifikatini taqdim etishi zarur. Batafsil
  • Nomzod Wooley College bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Grantni yutib olish uchun nomzod kontrakt to’lovini amalga oshirishga moliyaviy imkoni yetmasligini ko’rsatishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarni yutib olish uchun nomzod bakalavr kursiga hujjat topshirishi kerak. Hujjat topshirishda moliyaviy yordamga ariza va nomzodning moliyaviy holatini ko’rsatuvchi ma’lumotnoma ham qo’shib topshiriladi. Arizalar 2020-yil 1 va 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Bakalavr kursiga arizalarni Common Application yoki Coalition Application orqali topshirish mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun admissions@wooster.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!