×

World Bank (WB) Scholarships Program – magistratura talabalari uchun to’liq grant va oylik stipendiyalar!


Grant

MUHLAT

11.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2122 marta

World Bank (WB) rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan (ro’yxatda O’zbekiston ham bor), a’lochi va umidli yoshlarni moliyaviy qo’llab – quvvatlash maqsadida garntlar taklif etadi. Grantlar iqtisodiy barqarorlik, makroiqtisodiyot, ekologiya, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligi kabi belgilangan yo’nalishlar bo’yicha tahsil olish uchun ajratiladi. Grantga ariza topshirish uchun nomzodlar World Bank bilan hamkor oliy ta’lim muassasalarining magistratura kurslariga o’qishga qabil qilingan bo’lishlari zarur. Dastur doirasida har yili 2 nafar o’zbekistonlik talabaga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichidagi talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi talabaning butun o’qish davri davomida (tanlangan yo’nalishga qarab 1 yoki 2 yil) amal qiladi. Grant dasturi g’olib bo’lgan talabani quyidagilar bilan ta’minlaydi:

  1. Kontrakt to’lovini 100 foiz qoplaydi.
  2. Turar joy va kundalik harajatlar uchun stipendiya ajratadi (stipendiya miqdori talaba o’qiyotgan davlatga qarab belgilanadi).
  3. O’quv qurollari va kitoblar uchun mablag’ ajratadi.
  4. Tibbiy sug’urtalaydi.
  5. Safar harajatlarini to’laydi.

Grant magistratura kurslari uchun uzog’i bilan 2 yilgacha beriladi. Grantning manfaatli jihatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

  1. Nomzod WB ro’yxatiga kiruvchi, rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  2. Nomzod sog’lom bo’lishi kerak.
  3. Nomzod WB bilan hamkor oliygohlardan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  4. Oliygohga hujjat topshirib natijalar e’lon qilinishini kutayotgan talabalar grantga ariza bera olmaydilar.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr bosqichini tugallagach taraqqiyot bilan bog’liq sohalarda kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  7. Ariza topshirayotganida nomzod davlat muassasasining taraqqiyot bilan bog’liq sohasida faoliyat olib borayotgan bo’lishi lozim.
  8. Nomzod umidli, yosh mutahassis bo’lishi kerak.
  9. World Bank va uning biror filialida ishlaydigan nomzodlar grant dasturiga ariza bera olmaydilar.
  10. Nomzod o’qishni tugallagach ona yurtiga qaytib, uning rivojiga hissa qo’shishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod onlayn ariza va barcha kerakli hujjatlarni 2019-yil 11-aprelga qadar topshirishi zarur. Grant dasturi uchun saralash faqatgina hamkor universitetlardan biriga qabul qilingan va WB Scholarship Program dasturiga ariza topshirgan talabalar o’rtasida bo’ladi. Saralash bosqichida nomzodlar 10 ballik tizimda, quyidagi me’zonlar asosida baholanadilar:

  1. Mehnat tajribasi – 3 ball
  2. Tavsiyanomalar – 3 ball
  3. Nomzodning ona yurti rivojiga qo’shishi mumkin bo’lgan hissasi – 3 ball
  4. Erishgan akademik yutuqlari – 1 ball

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma (nomzodning mehnat tajribasi haqida bevosita xabardor shaxs/rahbar tomonidan)
  3. Nomzodning mehnat tajribasi haqidagi hujjat.
  4. Bakalavr diplomi nusxasi.
  5. CV.
  6. Nomzodning WB bilan hamkor oliygohlardan biriga qabul qilinganligi haqidagi hujjat nusxasi.

World Bank Scholarships Program dasturi dunyo bo’ylab ko’plab oliygohlar bilan hamkorlik qilganligi sababli universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlarning alohida ro’yxati mavjud emas. Bu ma’lumotni nomzod WB bilan hamkor oliygohlar ro’yxatidan o’zi tanlagan universitetning rasmiy saytiga kirib topishi mumkin.

Nomzod barcha hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda ariza qabul qilinmasligi yoki grant bekor qilinishi mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblardan yoki grant qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!