×

World Children’s Picture Contest: 6-15 yoshdagi bolalar uchun xalqaro rasmlar tanlovi


Grant

MUHLAT

02.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4318 marta

Yaponiyaning IE-NO-HIKARI jurnali nashriyoti har yili “Jahon bolalar rasmlari tanlovi” xalqaro rasmlar tanlovini oʻtkazadi. Hozirda ushbu tanlovning navbatdagi mavsumiga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovdan ko’zlangan maqsad bolalarga yashash uchun kerak bo’lgan oziq-ovqat ahamiyatini tushuntirish hamda oila, do’stlik va turli jamoalarni qadrlashni targ’ib qilishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

6-15 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Oltin mukofoti: 20 nafar. Bunda 20 nafar ishtirokchiga Sakura rang mahsulotlari koporatsiyasi tomonidan 60 xil rangni o’z ichiga olgan bo’yoqlar to’plami beriladi.
  • Kumush mukofoti: 40 nafar
  • Bronza mukofoti: 60 nafar
  • Alohida e’tirof etilganlar: 80 nafar

Barcha g’oliblar o’z ishlarining rasmi tushirilgan statuetka va maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Barcha sovrindor va ishtirokchi tashkilotlarga “Tanlov gʻoliblarining esdalik kitobi” beriladi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi 5–16 yoshdagi nomzodlar individual tarzda yoki tashkilot nomidan ishtirok etishi mumkin.

Tanlov umumiy qoidalari quyidagicha:

  • Rasm 515mm × 728mm × 3mm dan katta bo’lmagan tekis qog’ozda bo’lishi va hech qanday ramkaga solinmagan va matlanmagan bo’lishi kerak
  • Rasm har qanday usul va materialdan foydalangan holda tayyorlanishi mumkin.
  • har bir ishtirokchilari faqat bitta rasm yuborish imkoniyatiga ega.
  • Taqdim etilgan barcha rasmlar avval hech qayerda chop etilmagan original ish bo’lishi kerak.
  • Assotsiatsiya tomonidan boshqalarning huquqlarini buzishi mumkin bo’lgan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi. Masalan, berilgan rasm kimningdir ishiga taqlid qilingan bo’lsa yoki rasmda shaxsiy ismlar, kompaniya nomlari, mahsulot nomlari, logotiplar va turdagi belgilar mavjud bo’lsa, bu ishlar ko’rib chiqilmaydi.
  • Tanlovga elekrton tayyorlangan yoki kompyuter (boshqa elektron qurilma) yordamida chizilgan va chiqarilgan rasmlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlov uchun yuborilgan rasmlar ishtirokchiga qayta jo’natilmaydi.
  • Rasmlarga boʻlgan barcha huquqlar menzob tashkilotga tegishli boʻladi.
  • Ayrim hollarda, taqdim etilgan rasmlar Yaponiyada oʻtkaziladigan bolalarning badiiy ta’limi, xalqaro almashinuv va boshqalarni targʻib qiluvchi tadbirlar uchun berib turiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun original rasmlar pochta orqali Yaponiyaga yuborilishi kerak. Elektron pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. Original rasmlar 2023-yil 2-oktyabrga qadar Yaponiyaga yetib borgan bo’lishi kerak. 

Rasmlarni yuborish tartibi:

  • Individual tarzda ishtirok etayotganlar BU YERDAGI qizil “Entry Attaching Label” yorlig’ini chiqarib qirqib olib, ichidagi ma’lumotlarni to’ldirgan holda original ishning orqa tomoni o’ng burchagiga yopishtirishlari kerak. 
  • Tashkilot nomidan qatnashuvchilar BU YEDAGI yashil  “Entry Attaching Label” hamda “Entry List” yorlig’ini chiqarib qirqib olib, ichidagi ma’lumotlarni to’ldirgan holda original ishning orqa tomoni o’ng burchagiga yopishtirishlari kerak. 
  • Barcha ishlar konvertga solinadi va berilgan manzilga pochta orqali yuboriladi.

Rasmlarni yuborish uchun pochta manzili: IE-NO-HIKARI Association “The 31st Annual World Children’s Picture Contest” #11 Funagawara-machi, Ichigaya, Shinjuku-ku, Tokyo, Japan
Postal code: 162-8448
Fax: +81-3-3266-9051

MUHIM: rasmlarni yuborish tartibi va qo’llanmasi to’liq ingliz tilida bo’lgani sabab, ishtirokchi bolalarga ingliz tilini yaxshi biladigan biror kishi ishlarni pochta orqali yuborishda yordam berishi kerak. 

ESLATMA: dasturga ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy e’lon hamda tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: zugakon@ienohikari.or.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!