×

World Forum for Democracy: 18-30 yoshlilar uchun Strasburgda demokratiya mavzusida forum; qatnashish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

02.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3303 marta

World Forum for Democracy  butun jahondagi siyosiy qaror qabul qiluvchilar va faollar uchun umumjahon muammolarini hal qilish yo‘llarini muhokama qiluvchi noyob platforma hisoblanadi. WFDning 2022-yilgi mavzusi: “Democracy: A new hope?” deb nomlanadi.

Forumning asosiy mazmuni muvaffaqiyatli tashabbuslar va harakatlar haqidagi muhokamalardan iborat bo‘ladi. Keyinchalik, kelajakdagi siyosat choralari va maydon harakatlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy rahbarlik tamoyillari ham tuziladi. Shu nuqtai nazardan, Youth Department (Yoshlar bo‘limi) 50-60 nafar yoshlarni Demokratiya va Axborot (democracy and information) masalasi bo‘yicha mulohaza yuritishda ishtirok etish, qaror qabul qiluvchilar va fikr bildiruvchilar bilan hamkorlik qilish hamda o‘z g‘oya-loyihalarini ilgari surishga taklif qiladi.

Bu yilgi tayyorgarlik uchrashuvlari Fransiyaning Strasburg shahrida joriy yilning 5-6-noyabr sanalarida, WFD esa 7-9-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tadi. Forum ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yosh oralig‘ida bo‘lgan tashabbuskor, intiluvchan, demokratik g‘oya va takliflarga ega yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Aviachipta va viza xarajatlari tegishli cheklar taqdim etilgandan so‘ng qoplanadi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat ta’minlanadi (4-10-noyabr kunlari uchun).

Faqat tadbirda to‘liq qatnashuvchi ishtirokchilar (tayyorgarlik uchrashuvi va forum tadbiri) moliyalashtiriladi. Ishtirokchilar Strasburgdagi Yevropa yoshlar markaziga (EYCS) joylashtiriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Forumda ishtirok etuvchi nomzod 18-30 yosh orasida boʻlishi kerak (ayrim hollarda yosh uchun istisno qilinadi).
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
  • Fuqarolik jamiyatining demokratik tashabbuslarida faol ishtirok etgan/etayotgan bo‘lish kerak.
  • Yoshlar va demokratiya bo‘yicha yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga hissa qo‘shish ishtiyoqiga ega boʻlish talab etiladi.
  • Demokratiya bilan bog‘liq o‘z muammolari haqida o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lish lozim.
  • Tayyorgarlik kunlari va Butunjahon Demokratiya Forumi (WFD)da to‘laqonli ishtirok etishga tayyor bo‘lish kerak (2022-yil 4-noyabrdan 10-noyabrgacha).

Eslatma: forumga dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, nogironligidan qat’i nazar yuqoridagi talablarga mos keluvchi yoshlar qabul qilinadi. Nomzodlarni tanlashda talab mezonlari va arizaga havola qilingan videorolikka ahamiyat qaratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Forum uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 2-avgust, soat 10:00 gacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Dastlab onlayn ariza shaklini bu yerga kirib to‘ldirish lozim.
  • Keyin 1 daqiqalik qisqa video tayyorlab, uni YouTube yoki boshqa video platformaga joylashtirish lozim. Ushbu video WFDda ishtirok etish uchun nega aynan sizni tanlash kerakligini aytib berishingiz kerak.  Ushbu video havolasi esa onlayn arizaga joylanishi kerak. Agar videoga havola berilmasa, siz to‘ldirgan ariza ko‘rib chiqilmaydi! Ariza toʻldirilib, unga video havolasi joylangandan keyin arizani topshirishingiz mumkin. (Videoni YouTubeʼga qanday joylash haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin).

Agar nomzodingiz sir saqlanishi va platformada e’lon qilinishini istamasangiz, belgilangan muddatdan bir hafta oldin WFDYouth@coe.int orqali ma’muriyat bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Ariza beruvchilar kutish ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, 2022-yil sentabr oyining 1-haftasida arizasining qabul qilingan yoki qilinmaganidan xabardor qilinadi.

Ariza topshirish bilan bog‘liq texnik muammo yuzaga kelsa,  youthapplications@coe.int pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon va forum qoʻllanmasi bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin: WFDYouth@coe.int.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!