×

Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun “56th World Gallery of Cartoons – Skopje 2024” tanlovi: qatnashing va 1500 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

64 kun

HUDUD

Makedoniya

O'QILGAN

22993 marta

56th World Gallery of Cartoons – Skopje 2024 tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Tanlovga komiks, satirik rasmlar va multfilm/hikoya uchun rasmlar qabul qilinadi.

Tanlovga 2 shakldagi ishlar qabul qilinadi:

  • Original ishlar (qoʻlda yaratilgan, qogʻoz yoki boshqa vositaga chizilgan ishlar).
  • Raqamli ishlar (bunda yaratilgan/chizilgan ishlar printerdan chiqarilishi, raqamlanishi va old tarafiga qalab bilan imzo chekilishi kerak).

Tanlovda qanday rasmlar bilan ishtirok etish mumkinligini yaxshiroq tushunish uchun tanlovda ilgari g’olib bo’lgan ishlar galereyasi bilan tanishib chiqing.

Grant kimlar uchun?

Rasm chiza oladigan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mukofotlar:

  • Asosiy sovrin (Grand Prix) uchun 1500 AQSh dollari va maxsus haykalcha;
  • 1-o’rin uchun 1000 AQSh dollari va maxsus yorliq nishon;
  • 2-o’rin uchun 500 AQSh dollari va maxsus yorliq nishon.
  • 5 nafar 3-oʻrin sohiblari hamda 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
  • Final bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Talablar:

Tanlovga qatnashish talablari quyidagicha:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi 5 tagcha rasm bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda komikslar, satirik rasmlar va multfim/hikoya uchun rasmlar (cortoons, satirical drawing, comic/strip) qabul qilinadi.
  • Rasmlar A3 (42 х 30 сm) yoki А4 (30 х 21 сm) formatda chizilishi / tayyorlanishi kerak.
  • Rasmlar oldin eʼlon qilinmagan yoki biror tanlov uchun topshirilmagan boʻlishi kerak.
  • Ishtirokchi rasmlari va g’oyalarini boshqa ijodkordan ko’chirgani aniqlansa, tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Rasmlarda taqiqlangan tasvirlar va taqiqlangan mashg’ulotlar targ’iboti bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Nomzod dastlab ariza shaklini yuklab olib, uni toʻldirishi (kompyuterda toʻldirsa ham, qoʻlda toʻldirsa ham boʻladi), rasmini ham joylashtirishi, imzolashi va tanlovga topshirmoqchi boʻlgan rasmlarini quyidagi emailga yuborishi lozim: cartoons@osten.com.mk.

MUHIM: Email orqali yuborilgan ariza shakli (toʻldirilgan va imzolangan holatda) va rasmlar (printerdan chiqarilgan, raqamlangan va imzolangan holda) pochta orqali Makedoniyaga ham joʻnatilishi va 2024-yil 31-maygacha yetib borishi lozim. Ular pochta orqali quyidagi manzilga yuboriladi:

OSTEN – WORLD GALLERY ON CARTOONS
8 Udarna Brigada 2, 1000 Skopje, N. Macedonia.

Konvertga “NOT FOR COMMERCIAL PURPOSES / FOR EXHIBITION ONLY” deb yozilishi kerak.

Tanlovda qatnashish bepul. Biroq tanlovdan keyin rasmlari oʻzlariga qaytarib joʻnatilishini xohlagan ishtirokchilar 20 AQSh dollari to’lov qilinishi kerak (rasmlar qaytarib yuborilishi shart emas desangiz, bu toʻlovni qilmaysiz). To’lov qilinmagan arizalarda topshirilgan rasmlar qaytarib jo’natilmaydi. To’lov qilmoqchi boʻlganlar pulni bank orqali quyidagi hisobga o’tkazilishi kerak:

Beneficiary: OSTEN DOOEL SKOPJE, 8 Udarna Brigada 2, Skopje 1000, N. Macedonia
IBAN: MK07210701000702188 | SWIFT: TUTNMK22
Bank: NLB AD SKOPJE, Majka Tereza 1, Skopje 1000, N. Macedonia

Gʻoliblar 2024-yil sentabrda e’lon qilinadi. G’oliblarning asarlari 2024-yil noyabr oyidagi Makedoniyada oʻtkaziladigan ko’rgazmaga qo’yiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin talov haqidagi rasmiy eʼlon va tanlov qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov haqida yangiliklarni Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan cartoons@osten.com.mk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!