Butunjahon merosi qoʻmitasi hamda YUNESKOning Butunjahon merosi taʼlim dasturi doirasida 2023-yilning 3-12-sentabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod va Al-Ahsa shahrida “Kelajakka nazar: Tabiiy va madaniy merosni muhofaza qilishning keyingi 50 yili” (“Looking Ahead: The Next 50 Years of Protecting Natural and Cultural Heritage”) mavzusidagi Butunjahon merosi yosh mutaxassislar forumini oʻtkaziladi.
Forum uchun jami 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Forumdan asosiy koʻzlangan maqsad:
- Jahon merosi konvensiyasining soʻnggi 5 oʻn yillikdagi yutuqlarini tushunish va baholash.
- Madaniy va tabiiy meros ekotizimida yoshlarning hal qiluvchi rolini yoritish.
- Madaniy va tabiiy merosni boshqarish boʻyicha oʻziga xos yondashuvlarni tanishtirish hamda shu yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarining keyingi avlodiga yoʻl ochish.
Forum madaniy va tabiiy merosimiz uchun barqaror kelajak yaratishda yosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan natijalar Yoshlar deklaratsiyasi shaklida Jahon merosi qoʻmitasining kengaytirilgan 45-sessiyasiga taqdim etiladi.
Forum davomida quyidagi kichik mavzular ham koʻrib chiqiladi:
- World Heritage & Climate Change
- World Heritage and Sustainable Tourism
- Diversity & Representation of World Heritage
- The Digital Dimension of World Heritage
Grant kimlar uchun?
23-32 yoshdagi jahon merosi, arxitektura va boshqa aloqador sohalarda tajribaga ega boʻlganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Forum bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi. Jumladan:
- Xalqaro safar xarajatlari qoplanadi.
- Bepul turar joy, mahalliy transport va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
- Shuningdek, sayohatga tayyorgarlik koʻrishda va viza olish jarayonida yordam beriladi.
Agar dastur ishtirokchisi forum tugagandan soʻng, yaʼni 2023-yil 13-sentabrdan keyin qolish muddatini uzaytirishni istasa, barcha tegishli xarajatlar ishtirokchi tomonidan qoplanadi. Bunday holda, barcha zarur choralarni koʻrish uchun ishtirokchi oldindan tashkilotchilarni ogohlantirishi zarur.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzodlar 23 yoshdan 32 yoshgacha boʻlishi kerak.
- Jahon merosi, tabiatni muhofaza qilish, arxeologiya, arxitektura, konservatsiya, shaharsozlik va regeneratsiya, restavratsiya, sanʼat tarixi, turizm, iqlim oʻzgarishi va raqamli texnologiyalar kabi sohalardan birida tajribaga ega boʻlishi lozim.
- Forum butunlay ingliz tilida olib boriladi, shu sababdan ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart.
- Forum natijalarini oʻz mamlakatida amalga oshirish uchun motivatsiya va masʼuliyatga ega boʻlishi kerak.
- Butunjahon merosi obyektlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga harakat qilishi lozim.
Ishtirokchilarni tanlashda umumiy muvofiqlikdan tashqari quyidagi jihatlar ham hisobga olinadi:
- Balanslangan geografik vakillik. Bunda turli mamlakat vakillari ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
- Gender tengligi. Forumda jinsidan qatʼi nazar barcha ishtirok eta oladi.
- Professional kelib chiqishining xilma-xilligi. Iloji boricha turli soha vakillari tanlab olinadi.
- Olingan tajribani kelib chiqqan mamlakat yoki muassasada tarqatish qobiliyati.
- Jahon merosi obyektlarini boshqarish boʻyicha bilim va tajriba.
Ishtirokchilar butun dastur davomida (2023-yil 2-sentyabrdan 12-sentyabrga qadar) forumda qatnasha olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar 2023-yil 5-iyun Oʻzbekiston vaqti bilan 2:59 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishda barcha javoblar va hujjatlar faqat ingliz tilida taqdim etilishi kerak. Ingliz tilidan boshqa tillarda taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Kerakli hujjatlar:
- CV (maksimal, 10 MB
- PDF formatidagi professional oʻquv dasturi (maksimal 2 sahifa, 10 MB
- Pasportingizning jpg, jpeg, gif yoki png formatidagi skaneri (maksimal, 10 MB)
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan quyidagi 3 xil tilda tanishib chiqishingiz mumkin:
Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan forum@diadrasis.org manziliga murojaat qilishingiz mumkin.