×

World Intellectual Property Day 2023 Video Competition: 18 yosh va undan kattalar uchun qisqa videoroliklar tanlovi


Grant

MUHLAT

20.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1256 marta

WIPO (World Intellectual Property Organization) tashkiloti dunyo boʻylab barcha ixtirochi, ijodkor va tadbirkor ayol-qizlarning kreativligi va innovatsiyalarini namoyish etish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida World Intellectual Property Day 2023 Video Competition tanlovini tashkil etmoqda. Ushbu tanlov ertangi yorqin kelajakni qurishda ayol-qizlarning yuksak salohiyati va ijodkorligi qay darajada muhim ekanligi ifodalangan gʻoyalarni targʻib qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar “When women enter the IP universe, we accelerate innovation and creativity and everyoneʼs a winner” – Ayollar intellektual mulk (IP) olamiga kirganda, biz innovatsiya va yaratuvchanlikni tezlashtiramiz va hammaga manfaatli boʻladi” mavzusida 90 soniyadan iborat qisqa videorolik tayyorlashlari lozim. Videoda ixtirochi, ijodkor va tadbirkor ayollarning kreativligi va innovatsiyalari, qolaversa, ayollarning Intellektual Mulk (IP) olamiga kirib kelishi jamiyat va iqtisodiyotga qanday taʼsir koʻrsatishi aks etgan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

18 yosh va undan katta barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 5000 CHF (taxminan 5426 AQSH dollari) qiymatidagi raqamli uskunalar.
  • 2-oʻrin: 3000 CHF (taxminan 3256 dollar) qiymatidagi raqamli uskunalar.
  • 3-oʻrin: 1000 CHF (taxminan 1085 dollar) qiymatidagi raqamli uskunalar.
  • Eng yaxshi 10 ta video WIPO akademiyasi tomonidan taqdim etilgan oʻquv mashgʻulotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

MUHIM: WIPO (World Intellectual Property Organization) yuqorida qayd etilgan raqamli uskunalarni sotib oladi va uni gʻoliblarga joʻnatadi. Eng yaxshi uchta gʻolibga sovrinlarni yetkazib berish xarajatlari WIPO tomonidan qoplanadi. Boshqa toʻlovlarni (mukofot bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, gʻoliblarning oʻz mamlakatlaridagi soliqlar) tashkilot zimmasiga olmaydi. Batafsil BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Tanlov shartlari va talablari quyidagicha:

  • Nomzodlar kamida 18 yosh bo‘lishlari kerak.
  • Ishtirokchilar individual tarzda yoki guruh bo‘lib qatnasha oladi (1 ta guruhda ko‘pi bilan 10 nafar ishtirokchi bo‘lishi mumkin).
  • Video tayyorlovchi yuklangan video uchun barcha javobgarlikni o’z zimmasiga olishi kerak.
  • Videolar avval internetda chop etilmagan, boshqa tanlovda g‘olib deb topilmagan va/yoki mukofotlanmagan boʻlishi kerak.
  • Video mualliflik huquqi, tijorat sirlari, tomonlarning shartnoma majburiyatlariga zid bo’lmasligi yoki uchinchi tomonning boshqa mulkiy huquqlarini buzmasligi lozim.
  • Videolarda audio hikoya aytilishi ham mumkin. Agar videoda audio hikoya boʻlsa, u arab, xitoy, ingliz, fransuz, yapon, portugal, rus yoki ispan tilida boʻlishi hamda audio qaysi tilda boʻlsa, shu tilda audio transkripti (audioning matni) ham taqdim etilishi kerak.

Tanlov shartlari haqida batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERDAN onlayn roʻyxatdan oʻtishingiz va tanlov uchun videoni yuklashingiz kerak. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 20-mart, tonggi 03:59 gacha qabul qilinadi.

Eng yaxshi 10 ta video 2023-yil 13-aprelda tanlov platformasida eʼlon qilinadi. Tanlovining uchta gʻolibi onlayn ommaviy ovoz berish uchun yoʻli bilan aniqlanadi. Gʻoliblar 2023-yil 26-aprel — Butunjahon intellektual mulk kunida eʼlon qilinadi.

MUHIM: tanlov uchun video tayyorlashga kirishishdan avval rasmiy e’lon hamda tanlov shartlari va qoidalari berilgan maʼlumotlar (PDF) bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manzilga murojaat qilishingiz mumkin: WorldIPDay@wipo.int

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!