×

World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi


Grant

MUHLAT

06.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4226 marta

AQSHning World of 8 Billion tashkiloti har yili World of 8 Billion Student Video contest tanlovini tashkil etib kelmoqda. Tanlov maktab oʻquvchilari orasida dunyo aholisi sonining oshishi sababli kelib chiqadigan global muammolarga yechim izlashni targʻib qiladi.

Video tanlovda ishtirokchilar aholining oʻsishi quyidagi global mavzulardan biriga qanday taʼsir qilishini tushuntirishi va barqaror yechim taklif qilishi zarur:

  • Climate Migration iqlim oʻzgarishi. Bunda majburiy koʻchirilgan/ko’chgan odamlar, chekka hududda yashovchi jamoalar, tabiiy ofatlar, urbanizatsiya, kasalliklarning tarqalishi, koʻchib yuruvchi oʻsimliklar va hayvonlar va boshqalar haqida. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN (PDF) yuklab oling.
  • Health – Sogʻlik. Bunda ona va bola salomatligi, tibbiy xizmatdan foydalanish, sogʻliqni saqlashdagi tengsizlik, yuqumli kasalliklar, ochlik va oziq-ovqat xavfsizligi, ruhiy salomatlik va boshqalar haqida. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN (PDF) yuklab oling.
  • Invasive Species — Invaziv turlar. Biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, iqlim oʻzgarishi, qishloq xoʻjaligiga taʼsiri, globallashuv, kasalliklarning tarqalishi, iqtisodiy va ijtimoiy taʼsirlar va boshqalar. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN (PDF) yuklab oling.

Videolar ingliz yoki istalgan tilda (bunda inglizcha subtitr boʻlishi shart) tayyorlanishi mumkin. Tanlovning avvalgi yillardagi gʻoliblari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari 2 kategoriyada aniqlanadi:

  • Yuqori sinf oʻquvchilari (9-12-sinflar);
  • Oʻrta sinf oʻquvchilari (6-8-sinflar).

Yuqori sinf oʻquvchilari har uchala yoʻnalish boʻyicha alohida quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — 1200 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti (1 kishi).
  • 2-oʻrin — 600 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti (1 kishi).
  • Alohida eʼtirof etilgan 2 nafar nomzod- 300 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti.

Oʻrta sinf oʻquvchilari esa har uchala yoʻnalish boʻyicha alohida quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — 600 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti (1 kishi).
  • Alohida eʼtirof etilgan nomzod – 300 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti (1 kishi).

Bundan tashqari, AQSHdagi har bir shtat uchun alohida 50 ta mukofot mavjud. Xalqaro miqyosda esa dunyo mintaqalari (Yevropa, Osiyo, Afrika, Okeaniya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika) boʻyicha eng yaxshi xalqaro videoga alohida (jami 6 ta) mukofot beriladi.

Talablar:

Tanlov shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda dunyo boʻyicha barcha maktablarning 6-12-sinf oʻquvchilari (yoki ekvivalent) qatnashishi mumkin.
  • Xalqaro o’quvchilar GDPR koʻrsatmalariga muvofiq ota-onalar/vasiylar ishtirok etishiga rozilik shaklini toʻldirishlari kerak. Rozilik shakli ota-ona/vasiy tomonidan imzolanishi va shaklda koʻrsatilgandek taqdim etilishi lozim.
  • Barcha videolar ingliz tilida tayyorlanishi yoki boshqa tilda boʻlgan holda inglizcha tag lavha bilan berilgan boʻlishi kerak.
  • Tanlovda yakka yoki jamoaviy tarzda qatnashish mumkin.
  • Video 60 soniyadan oshmasligi kerak. 5 soniyalik sarlavha ekrani bu vaqt chegarasida hisoblanmaydi.
  • Barcha yozuvlar taqdim etilgan sarlavha ekrani shablonidan foydalanadigan va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan 5 soniyalik “sarlavha ekrani” bilan boshlanishi kerak:
    • Bosh prodyuserning ismi.
    • Maktab nomi.
    • Maktab shahri, shtat/mamlakat.
    • Video nomi.
    • Videoning ishlash vaqti (5 soniyali sarlavha ekranidan tashqari).
  • Videoda keltirilgan barcha maʼlumotlarga asl manbaga asoslangan holda iqtibos keltirilishi kerak. Har qanday plagiat diskvalifikatsiyaga olib keladi. Videongiz ichida iqtibosni kiritishingiz shart emas. Tanlov gʻolibi sifatida tanlansangiz, foydalanilgan manbalar roʻyxatini taqdim etishingiz soʻraladi.
  • Asosiy aloqadagi shaxs sifatida har bir videoda bitta yetakchi prodyuser tayinlanishi kerak. Tanlov va sovrinlar ariza formasida koʻrsatilgan barcha ishtirokchilarga beriladi.
  • Har bir ijodiy ish bu yilgi tanlov mavzularidan biriga doir boʻlishi shart.
  • Mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan (musiqa, tasvirlar, videokliplar va boshqalar) ushbu tanlov uchun foydalanish mumkin emas. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan barcha materiallar uchun yozma ruxsat olish va soʻrov boʻyicha taqdim etilishi kerak.
  • Video tayyorlashda professional yordamga ruxsat berilmaydi. Kattalar faqat ogʻzaki koʻrsatma bilan yordam berishlari mumkin. Aktyor yoki operator sifatida kattalar ishtirok etishi mumkin, lekin kontent muallifi sifatida qatnasha olmaydi.
  • Videoni yuklaganingizda onlayn ariza formasidagi barcha boʻlimlarni toʻldirishingiz kerak.
  • Gʻolib sifatida tanlangan nomzodlar Video taqdim etish shaklini hamda Videoda koʻringan barcha qatnashchilari shaklini toʻldirib imzolab, topshirishingiz kerak.Ushbu ariza shakllarini:
    • elektron pochta orqali Worldof8Billion@populationconnection.org manziliga;
    • Faks orqali 202-332-2302 raqamga;
    • Pochta orqali World of 8 Billion tanlovi, 2120 L Street NW #500, Vashington, DC 20037 manziliga yuborish mumkin.
  • Videoda taqiqlanadi:
    • Noqonuniy xatti-harakatlarni targʻib qilish.
    • Irqiy, diniy, jinsiy yoki boshqa noxush xurofotlarni qoʻllab-quvvatlash.
    • Jinsiy yoki zoʻravonlik ekspluatatsiyasini himoya qilish.
    • Qonun yoki shartnomada belgilangan huquqlarni buzish.
    • Har qanday shaxsning hayotiga tajovuz qilish.
    • Population Connection tashkiloti tomonidan nomaqbul deb topilgan biror harakatlar boʻlishi.
  • Oʻquvchilar ariza topshirishda oʻzlari xohlagancha video yuborishlari mumkin. Biroq, har bir oʻquvchi/jamoa uchun atigi 1 ta birinchi oʻrin mukofoti beriladi va hech bir oʻquvchi/jamoa musobaqada jami 2 tadan ortiq mukofotni olishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar oʻz ishlarini Oʻzbekiston vaqti bilan 2024- yil 6-mart tonggi 9:59 ga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshirishlari mumkin. Video tayyorlashda USHBU koʻrsatmalarga amal qiling.

Arizalar natijasi 2024-yil 21-may seshanba kuni eʼlon qilinadi. Hakamlarning qarori yakuniy hisoblanadi. Arizalar mavzular boʻyicha baholanadi va uchta global mavzuning har birida gʻoliblar aniqlanadi. Yakuniy qaror “World of 8 billion Judging Rubric” asosida qabul qilinadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda tanlov shartlari bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: Worldof8Billion@PopulationConnection.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!