×

World Press Photo Contest fotosuratlar tanlovi: mukofot – 5000 yevro!


Grant

MUHLAT

12.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1368 marta

Jurnalistika va suratkashlik bo’yicha eng nufuzli fotosuratlar tanlovi – World Press Photo Contest tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Tanlovda faqat professional suratkashlar ishtirok etishlari mumkin. 

Tanlovga quyidagi yo’nalishlarda suratlar qabul qilinadi:

Contemporary Issues – bugunning ijtimoiy, madaniy va siyosiy muammolarini ochib bergan yakka suratlar yoki 3-10 ta suratdan iborat, bir voqeani ko’rsatib beruvchi yakka (bitta) surat yoki suratlar seriyasi qabul qilinadi.

Environment – insonning atrof-muhitga ko’rsatayotgan salbiy yoki ijobiy ta’siri ifodalangan suratlar uchun.

General News – bo’lib o’tayotgan voqealar (yangiliklar) hamda ularning oqibatlari ko’rsatilgan bitta surat yoki 3-10 ta suratdan iborat seriyali suratlar uchun.

Long­Term Projects – bitta mavzuni ochib berish uchun kamida 3 yil davomida tushirilgan suratlar seriyasi uchun. Bu kategoriyaga 24-30 ta suratdan iborat seriya taqdim etish mumkin. 

Portraits – insonlarning ma’lum holatda tushirilgan surati yoki 3-10 suratdan iborat seriyali suratlari uchun.

Sports – yakka va jamoaviy sportni ko’rsatib beruvchi surat yoki 3-10 suratdan iborat suratlar seriyasi uchun. 

Spot News – tezkor xabarlar va voqealar ifodalangan surat va 3-10 ta suratlar seriyasi uchun.

Tanlovda shu vaqtgacha g’olib bo’lgan fotosuratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda World Press Photo Of The Year (yakka suratlar uchun) va World Press Story Of The Year (biror ketma-ketlikdagi voqeani ko’rsatib bergan suratlar uchun) nominatsiyalari g’oliblarining har biriga 5000 yevro pul mukofoti beriladi. 

Asosiy g’oliblar va nominatsiyalar bo’yicha 2 va 3- o’rinni olgan ishtirokchilar tushirgan fotosuratlar tanlov albomi, galereyasi va veb saytidan, tarqatma materiallardan joy oladi hamda tantanali ravishda e’tirof etiladi.

Talablar:

Barcha yo’nalishlarda topshirilgan suratlar 2019 va 2020 yillarda tushirilgan bo’lishi, seriya tarkibidagi suratlardan kamida bittasi 2020-yilda tushirilgan yoki shu yili chop etilgan bo’lishi zarur. 2020-yilda tushirilgan suratlar Photo Of The Year Award mukofoti uchun ko’rib chiqiladi. Barcha 3-10 suratdan iborat (Long-term Projects yo’nalishi uchun 24-30 ta) seriyali fotosurat Story Of The Year Award mukofoti uchun ko’rib chiqiladi. 

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovda hozirda rasman ish olib borayotgan, professional suratkash statusiga ega suratkashlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchi buni foto studiyadan olingan tavsiyanoma yoki nufuzli suratkashlik tashkiloti yoki jamiyatiga a’zolikni ko’rsatuvchi hujjat yoki boshqa usullar bilan isbotlashi zarur bo’ladi.
  • Tanlovda 2-3 kishilik guruh sifatida ishtirok etish mumkin, bunda har bir a’zo professional suratkash bo’lishi shart.
  • Tanlov ishtirokchisi o’zi topshirgan suratning muallifi bo’lishi kerak.
  • Tanlovga ilgari chop etilgan va chop etilmagan suratlar birdek qabul qilinadi.
  • Ta’qiqlangan tadbirlarda tushirilgan suratlar tanlovga qabul qilinmaydi (masalan, faqat maxsus ruxsatnomaga ega jurnalistlardan boshqa shaxslar suratga olishi mumkin bo’lmagan voqealar). 

Tanlovda ishtirok etish uchun barcha qoidalar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 12-yanvargacha ariza topshirish kerak. Suratlarni bu yerda jo’natishingiz mumkin.

Suratlar original o’lchamlarida, kesilmagan hamda hajmi kichraytirilmagan holda topshirilishi kerak. Ranglari CYMK emas, AdobeRGB, sRGB yoki grayscale bo’lishi, ICC profil ham ilova qilinishi lozim. Topshirilgan suratning formati JPEG bo’lishi lozim. 

Murojaat uchun contest@worldpressphoto.org manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!