×

Worldwide Youth Multimedia Competition tanlovida ishtirok etib, AQSHdagi lagerda qatnashish imkoniyatini qo’lga kiriting!


Grant

MUHLAT

31.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

15114 marta

USFUCA, UNESCO Tinchlik markazi va World Genesis jamgʻarmasi butun dunyo yoshlarini bu yilgi Multimedia Competition tanloviga taklif qilmoqda. Tanlovning vazifasi boshqalarga xizmat qilishi uchun ayni damda dunyodagi oʻtkir muammoga javob sifatida yoshlardagi optimizni jalb qilishdir.

Nomzodlar berilgan vazifa doirasida quyidagilardan birini tayyorlab topshirishi kerak boʻladi:

  • 3 daqiqalik video;
  • 500-700 soʻzli yozma insho, rasmlar bilan birga;
  • Taqdimot.

Ishlar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:

  1. Juniors – 10-14 yoshlilar kategoriyasi.
  2. Youth – 15-19 yoshlilar kategoriyasi.
  3. Young Adult – 20-24 yoshlilar kategoriyasi.

Tanlovga yozma ishlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

10-24 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • Gʻolib ismi tushirilgar rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi.
  • UNESCO tomonidan AQSHda, Hood College oliygohida oʻtkaziladigan “Koinot meʼmorlari” lagerida ishtirok etish uchun taklifnoma. Lagerga qatnashish haqi tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Shuningdek, bepul turar joy, oziq-ovqat va AQSHdagi aeroportdan kelish hamda aeroportga borish uchun transport vositasi taʼminlanadi. Biroq gʻoliblar AQSHga borish va qaytish chiptasini oʻzlari sotib olishi lozim.

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga (faqat gʻoliblar uchun emas, hamma ishtirokchilar uchun (125 dan ortiq kurslardan foydalanish, MCQS mashqlarini yechish, loyihalar topshirsh uchun WhizJuniors platformasiga bir yillik bepul onlayn obuna taqdim etiladi. Bundan tashqari, Zaka tashkiloti ham barcha ishtirokchilarga 4 ta onlayn kurs AI for everyone, Getting Started with Python for Data Science, Introduction to Programming) va bir oylik Zoom mahorat darsini taqdim etadi.

Talablar:

10 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan yoshlar tegishli kategoriya boʻyicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov butun dunyo yoshlari uchun ochiq.

Topshiriladigan ishlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Ish tanlov mavzusidagi savol/vazifaga javob berishi kerak (vazifa quyida berilgan).
  • Ish original (muallif tomonidan tayyorlangan) boʻlishi kerak.
  • Barcha nomzodlar ariza shaklini toʻldirishi lozim (ariza shakliga havola 2023-yil 6-yanvarda tanlov veb-saytiga joylanadi).
  • Insho topshirilsa, quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
    – 12 shrift (Times New Roman);
    – Ikki interval;
    – Faylning 4 tarafida ham 1 dyuymdan joy qoldirilishi kerak;
    – Ingliz tilida, 500-700 soʻzli boʻlishi kerak.
    – Insho MLA formatida boʻlishi kerak.
  • Videolar maksimal 3 daqiqa boʻlishi kerak.
  • Barcha taqdimot va rasmga ega insholar PDF formatda taqdim etilishi kerak.
  • 1 kishi faqat 1 ta ish topshirishi lozim.
  • Tanlov shartlari va qoidalariga rozi boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishlar 2023-yil 6-yanvardan 31-martgacha qabul qilinadi. Ishlarni topshirish uchun onlayn arizani toʻldirib, ishni shu arizaga yuklash kerak. Onlayn ariza shakliga kirish uchun BU YERGA bosing.

Ishlarni tayyorlash va topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan birini tanlang.
  2. Oʻzingiz tanlagan Barqaror rivojlanish maqsadiga oid loyiha ishlab chiqing. Bu quyidagilarni yozib chiqishni oʻz ichiga oladi:
    – Loyihangiz nimadan iborat va u nega muhim hisoblanadi?
    – Loyihaning maqsadlari/vazifalari nimalardan iborat?
    – Loyiha qayerda amalga oshiriladi? Masalan, loyihangizni maktabda, hamjamiyatda (mahallada), biror tashkilotda yoki boshqa joyla amalga oshirish mumkin.
    – Loyihaning davomiyligi qancha (qachon boshlaysiz va qachon yakunlaysiz)?
  3. Loyihangizni amalga oshiring. Videolar, rasmlar olishni hamda loyihangiz natijalari va taʼsirini hujjatlashtirishni, shuningdek, siz muhim deb hisoblagan har qanday narsani ulashishni unutmang.
  4. Hammasini birlashtirib, tanlovga topshiring. Video, taqdimot yoki rasmlarga ega insho tayyorlang. Ularda yuqoridagi 2-qadamdagi savollarga javob berilishi, erilshilgan natijalar va siz muhim deb hisoblagan narsalar ham kiritilishi kerak.

Tanlov gʻoliblari 2023-yil 30-mayda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi eʼlon bilan tanishib chiqing.

Tanlovning 2020-yilgi gʻoliblari va ularning ishlari bilan BU YERDA tanishing.

Savollar yuzasidan YouthContest@unescousa.org elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin. Email yozganda mavzuga (Subject Line) “Youth Contest Question” deb yozing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!