×

Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!


Grant

MUHLAT

30.09.2024

QOLGAN VAQT

80 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

17636 marta

Ilmiy fantastika va fantastika janrlarida ijod qiluvchi yozuvchilarga moʻljallangan Writers of the Future tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov ilmiy fantastika va fantastika janrida ijod qiluvchi, ijodini yaqinda boshlagan yozuvchilar uchun o’z ishlarini sohaning eng kuchli mutaxassislariga va keng ommaga taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlovda qatnashish bepul va ishtirokchilar nashrga oid barcha huquqlarni oʻzida saqlab qoladi.

Mazkur tanlov har chorakda (har 3 oyda) bir marta oʻtkaziladi. Tanlovga 17 000 soʻzdan oshmagan, ingliz tilidagi ishlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 1000 AQSH dollari va kubok.
  • 2-oʻrin: 750 AQSH dollari va kubok.
  • 3-oʻrin: 500 AQSH dollari va kubok..

Shuningdek yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Talablar:

Tanlovga qatnashish shartlari quyidagicha:

  • Tanlovga ilmiy fantastika, fantastika va qora fantastikaning istalgan turiga oid ishlarni topshirish mumkin.
  • Ishlar ingliz tilida boʻlishi va original boʻlishi lozim. Plagiat ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Faqat nasr shaklidagi ishlar qabul qilinadi. Sheʼrlar yoki bolalarga moʻljallangan ishlar qabul qilinmaydi.
  • Topshirilgan ishdagi soʻzlar soni 17 000 tadan oshmasligi kerak.
  • Topshirilgan ish hech bir professional nashrda chop etilmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzodlar hech bir nashrda professional shaklda roman, qisqa roman chop etmagan yoki bittadan ortiq kichik roman yoxud 3 tadan ortiq hikoyasini chop etmagan boʻlishi kerak. Har bir soʻziga kamida 8 sentdan toʻlangan va kamida 5000 nusxada chiqarilgan bosma nashr yoki kamida 5000 marta oʻqilgan onlayn nashr professional shaklda chop etilgan hisoblanadi.
  • Onlayn tarzda topshiriladigan ishlar 2 interval oraliqda yozilishi, har bir sahifa raqamlanishi, lekin ishda muallifning ismi keltirilmasligi kerak. Muallifning ism-familiyasi, taxallusi (agar boʻlsa), manzili, telefon raqami, email manzili va taxminiy soʻzlar soni alohida sahifada koʻrsatiladi.
  • Ishlarni qogʻoz shaklida pochta orqali ham topshrish mumkin.
  • Tanlovning oldingi qabullarida gʻolib boʻlganlar qayta qatnasha olmaydi.
  • Nozmozdlar har 3 oyda faqat 1 ta ish topshirishi mumkin.
  • Topshirilgan ishlarga oʻzgaritish kiritib boʻlmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hozirda tanlovning 2024-yil 4-choragi g’oliblarini aniqlash uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning mazkur choragida ishtirok etish uchun ishlar 2024-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Ishlarni onlayn tarzda yoki pochta orqali topshirish mumkin. Onlayn tarzda ariza toʻldirish va ishni topshirish uchun BU YERGA kiring. Onlayn tarzda ishlarni topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtish (Sign up) kerak.

Pochta orqali topshirmoqchi boʻlganlar ishlarini quyidagi manzilga yuborishi kerak: L. Ron Hubbard’s Writers of the Future Contest, 7051 Hollywood Blvd., Los Angeles, California 90028.

Pochta orqali yuborilganda ishlar qabul sanasining oxirgi kuniga qadar yetib borishi lozim.

Gʻoliblarga email orqali xabar qilinadi.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!