Avstriyaning ICNM notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan WSA Young Innovators dasturi BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga hissa qo‘shuvchi tayyor loyihalar uchun ochiq tanlov hisobalandi. Dasturda mobil ilova, veb-xizmat, o‘yin, SMS/USSD, taqiladigan texnologiyalar va boshqa raqamli loyihalar bilan qatnashish mumkin.
Dastur asosiy maqsadi yoshlar tomonidan yaratilgan raqamli loyihalar orqali ijtimoiy va ekologik muammolarga barqaror yechim topish hamda BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (SDGs) hissa qo‘shishdir. Dastur yosh innovatorlarga global miqyosda o‘z loyihalarini taqdim etish, xalqaro ekspertlar va investorlar bilan tanishish, yangi bilim va tajriba orttirish imkonini beradi.
Grant kimlar uchun?
26 yoshgacha boʻlgan yosh innovatorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Arizalar ichidan 5 nafar g’olib aniqlanadi va ular quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:
- G‘oliblar WSA Global Kongressda o‘z yechimlarini xalqaro ekspertlar, ijtimoiy tadbirkorlar, mentorlar va investorlar oldida taqdim etadilar. Ular uchun maxsus seminarlar va networking imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
- Ularning loyihalari WSA katalogi, rasmiy sahifasi, ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar byulleteni va press-relizlarda keng yoritiladi. Bundan tashqari, har bir loyiha WSA Winner’s Seal bilan taqdirlanadi – bu investorlar va hamkorlar oldida global tan olinganlik belgisi hisoblanadi.
- Turli mamlakatlardan kelgan innovatorlar va ijtimoiy tadbirkorlar bilan tanishish, ularning tajribasidan o‘rganish va yechimlarini o‘z mahalliy kontektsiga tatbiq etish imkoniyati yaratiladi.
- Raqamli innovatsiyalar orqali ijobiy ta’sir yaratishga intilayotgan xalqaro ekspertlar, o‘zgarish qiluvchilar va sanoat yetakchilari hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo’ladi. U orqali yangi imkoniyatlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish, bilim almashish, hamkorlik qilish va o‘sish mumkin.
- Ariza topshirish jarayonida o‘z loyihasining maqsad va ta’sirini to‘liq tushuntirish, taqdimot ko‘nikmalarini shakllantirish va xalqaro hakamlar sinovidan o’tish tajribasiga ega bo‘ladi.
Talablar:
Ishtirok etish talablari quyidagicha:
- Dasturda Yevropa Ittifoqi hamda BMTga a’zo davlatdan ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Kamida bitta asoschi va jamoaning ko‘pchiligi 26 yoshdan kichik (1999-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan) bo‘lishi shart.
- Loyiha allaqachon bozorga chiqarilgan va ishlayotgan bo‘lishi lozim. Faqat g‘oya, chizma, prototip yoki tugallanmagan mahsulotlar qabul qilinmaydi.
- Loyiha mavzusi BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga mos bo‘lishi kerak.
- Ariza ingliz tilida taqdim etiladi. Shu sababli jamoada ingliz tilini yetarlicha biladigan aʼzo boʻlishi lozim.
- Loyihada raqamli komponent bo‘lishi lozim, biroq platforma yoki kanal bo‘yicha cheklov yo‘q: mobil ilova, veb-sahifa, o‘yin, SMS asosidagi xizmat, kiosk o‘rnatmalari yoki interaktiv mahsulotlar ham qabul qilinishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun 2025-yil 31-oktyabrga qadar BU YERDA onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz va ariza to’ldirishingiz kerak.
Ariza to‘ldirish bo’yicha BU YERDAGI ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Muhim sanalar:
- 2025-yil dekabr – Online Jury tomonidan qisqa ro‘yxat (Shortlist) e’lon qilinadi
- 2026-yil yanvar – Grand Jury yakuniy g‘oliblarni tanlaydi va natijalar e’lon qilinadi
- 2026-yil bahori – WSA Global Congress: g‘oliblar o‘z yechimlarini xalqaro sahnada taqdim etadilar.
Nomzodlar uchun resurslar (Applicant resources):
- Database Manual – WSA Contest Database’dan qanday foydalanish, ariza yaratish va yuborish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma.
- Application Template – arizani to‘g‘ri to‘ldirish uchun tavsiya etilgan namuna. Loyihangiz haqida kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash imkonini beradi.
- Applicant Tips & Tricks – ariza topshirishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, kuchli taqdimot va muvaffaqiyatli ishtirok uchun foydali maslahatlar to‘plami.
ESLATMA: dasturga ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon va ariza topshirish qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqing.