×

WSA Youth Ambassador Network: 18-30 yoshdagilar uchun onlayn dastur


Grant

MUHLAT

16.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1503 marta

WSA (World Summit Award) Youth Ambassador Network dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (SDGs) hissa qo’shishni xohlovchi yoshlar uchun mo’ljallangan. Ushbu jamoaga qo’shilgandan so’ng har bir ishtirokchi yoshlar elchisi (Youth Ambassador) sifatida zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarning ijtimoiy hayotga ijobiy ta’sirini targ’ib qiladi. 

Shu bilan birga, ushbu ijtimoiy faol ishtirokchilar bilan o’zaro kuchli aloqa o’rnatish, o’zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Dastur onlayn tashkil etiladi va ingliz tilida olib boriladi.

Bundan tashqari, ixtiyoriy 2 yillik muddat ichida quyidagi ishlarni bajaradilar:

  • Istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish va jamiyatdagi yosh innovatorlarni qo’llab-quvvatlash, o’z mamlakatidagi WSA Milliy ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
  • Tadbirlarni tashkil etishda faol bo’lish va nufuzli WSA brendi hamda “Yosh innovatorlar” tanlovini targ’ib qilish, iqtidorli yoshlarni texnologik yangiliklar yaratishga ilhomlantirish.
  • Turli WSA va hamkor tadbirlarda faol ishtirok etish, yosh innovatorlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning yaratayotgan yangiliklarini namoyish etish.
  • Dunyo boʻylab yoshlarning innovatsiyalari va yutuqlari haqida ma’lumotga ega bo’lib, jamiyatda ishonchli bilim manbayi boʻlib xizmat qilish va boshqalar.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshdagi ijtimoiy faol va texnologiyaga qiziquvchi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • Ishtirokchilarga qatnashganliklari to’g’risida sertifikat hamda tavsiyanoma (so’rov bo’yicha) beriladi.
  • Xalqaro ijtimoiy faol hamda innovator yoshlar qatoridan joy oladi.
  • O’z jamiyatidagi ijobiy o’zgarishlarga hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • WSA hamda hamkor tashkilotlar bilan tashkil etiladigan tadbirlar va imkoniyatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Faol ishtirok etganlar qo’shimcha mukofotlar bilan taqdirlanishi mumkin.
  • Ishtirokchilar o’z jamiyatida ijobiy ijtimoiy ta’sir ko’rsatuvchi tadbir tashkil qilish uchun yordam olishlari mumkin.
  • WSA tashkilotida keyinroq mahalliy ekspert, hakamlar hay’ati aʼzosi yoki murabbiy sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Dasturda BMTga a’zo davlatning ijtimoiy jihatdan faol va texnologiyalarga qiziquvchi yoshlari qatnashishi mumkin. O’zbekiston BMTga a’zo davlatlar qatorida mavjud.
  • Nomzod 2023-yil 15-avgust holatiga ko’ra, 18-30 yosh orasida bo’lishi lozim.
  • Yiliga kamida 25 kun davomida WSA tadbirlarida faol ishtirok etishi lozim.
  • Ingliz va o’zlari yashayotgan davlatning rasmiy tilini yaxshi bilish kerak.
  • Dasturning barcha tadbirlarida faol ishtirok etish uchun barqaror internet aloqasi ega kompyuter/mobil qurilmaga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

astur uchun arizalar O’zbekiston vaqti bilan 2023-yil 16-avgust tungi 2:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizalar individual yoki WSA tashkiloti tavsiyasiga ko’ra amalga oshiriladi. Ariza topshirish uchun BU YERDAN ro’yxatdan o’ting.

Ariza topshirish jarayonida quyidagilar talab etiladi:

  • 1 yoki 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar professor, oʻqituvchi, murabbiy, ish beruvchilar yoki hozirgi WSA Network aʼzosidan olinishi mumkin.
  • O’zingiz yoki WSA-Yoshlar elchisi sifatidagi rejalaringiz haqida qisqa maksimal 1 daqiqali video havolasi. Videoni istalgan platformangizga yuklang va havolasini ariza shaklida qoldiring.

MUHIM: arizalar, jumladan, tavsiyonomalar hamda qisqa video ham, ingliz tilida topshiriladi.

ESLATMA: dasturga ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: atabo@wsa-global.org yoki hanna-mari@wsa-global.org 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!