×

Jahon savdo tashkilotidan insholar tanlovi: mukofot – 5500 AQSh dollari va Britaniyaga bepul sayohat!


Grant

MUHLAT

03.06.2024

QOLGAN VAQT

16 kun

HUDUD

Gretsiya

O'QILGAN

6077 marta

Jahon Savdo Tashkiloti yosh iqtisodchilar uchun navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists” ilmiy esselar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlov JST tomonidan 2009-yilda taʼsis etilgan. Tanlov JST va JST bilan bogʻliq masalalar boʻyicha yuqori sifatli iqtisodiy tadqiqotlarni rivojlantirish va JST hamda akademik hamjamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Grant kimlar uchun?

Yosh iqtisodchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib ishtirokchi(lar) quyidagicha taqdirlanadi:

  • Tanlov yakunida eng yaxshi esse muallif(lar)iga 5000 CHF (taxminan 5547 AQSh dollari) miqdoridagi mukofot beriladi (agar esse birdan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan boʻlsa, mukofot mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi).
  • 2024-yil 12-14 sentyabr kunlari Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Taqdirlash marosimida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchi tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod PhD bosqichini bitirish jarayonida yoki PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Agar nomzod 30 yoshdan katta boʻlsa, uning PhD darajasini olganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Esseda savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi bilan bogʻliq muammolar tahlil qilinishi kerak.
  • Esse hajmi 15 000 soʻzdan oshmasligi kerak.
  • Tanlovda gʻolib topilgan esse WTO Working Paper Seriesʼda chop etilishi mumkin.

Eslatma: Agar esse hammualliflikda yozilsa, barcha mualliflar yuqorida keltirilgan talablarga mos boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Esselar tanlovida ishtirok etish uchun nomzod quyidagilarni essay.award@wto.org elektron pochta manziliga yuborilishi kerak:

  • Esse.
  • CV (muallifning tugʻilgan yili, ish joyi, PhD darajasini bergan taʼlim muassasasi, PhD darajasi olingan/olinishi kutilayotgan yil va h.k).

Hujjatlar PDF formatida, alohida-alohida fayl koʻrinishida yuborilishi zarur. Insholar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi. Saralash bosqichi natijalari 2024-yil 17-iyunda aniqlanib, qisqa roʻyxatga kiritilgan mualliflarga bu haqida xabar qilinadi (qolgan mualliflarga xabar qilinmaydi. Yakuniy natijalar 2024-yil 8-iyulda eʻlon qilinadi.

Oʻtgan yillardagi gʻoliblarning ishlari bilan BU YERDA tanishing.

MUHIM: Tanlovd ishtirok etishga kirishishdan oldin tashkilotchining rasmiy saytidagi mʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!