Aleksandr von Xumboldt tashkiloti yosh iqlimshunos ekspertlarga Germaniyada 1 yil davomida iqlimni muhofaza qilish mavzusida tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga xalqaro iqlim muhofazasi bo’yicha ekspert unvoni beriladi.
Dastur uchun ilm-fan, muhandislik, sog’liqni saqlash kabi ijtimoiy yo’nalishlarda faol bo’lgan 20 nafar eng yaxshi mutaxassis saralab olinadi. Ishtirokchilarga tekin nemis tili kurslari o’tiladi. Dasturda ingliz yoki nemis tilini mukammal egallaganlar uchun ochiq.
Grant kimlar uchun?
ILM-FAN, MUHANDISLIK, SOG’LIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY YO’NALISHLAR MUTAXASSISLARI
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dastur bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi, jumladan:
- Ishtirokchining tajribasi va dasturdan muqaddam egallagan lavozimiga qarab oylik stipendiya;
- Yo’l xarajatlari;
- til o’rganish bo’yicha bepul kruslar
- va boshqalar.
Talablar:
Kimlar topshirishi mumkin:
- A’lo akademik ko’rsatkichlariga ega bakalavr yoki shunga teng universitet darajasiga ega shaxslar;
- Boshlang’ich amaliyot tajribasi bo’lishi shart;
- Iqlim muhofazasi sohasida yetakchi professional tajribaga ega bo’lishi kerak;
- Ingliz yoki nemis tilini mukammal bilishi kerak;
- Yetakchilik mahoratiga ega shaxslar;
- Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan shaxslar.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza topshirish tartibi:
Ariza onlayn tarzda Aleksandr von Xumbold saytida (SHU YERDA) to’ldiriladi.
Arizaga ikkita mutaxassis/professordan tavsiyanoma ham ilova qilish talab qilinadi. Boshqa kerakli hujjatlarni ariza to’ldirayotgan vaqtingizda tashkilotning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.