×

Xalqaro shaxmat federatsiyasidan ijodiy ishlar tanlovi: bosh mukofot 800 yevro


Grant

MUHLAT

10.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1202 marta

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 20-iyul – Xalqaro shaxmat kunini nishonlashga bagʻishlangan tanlovni eʼlon qildi.

Bu yil Xalqaro shaxsmat kunida FIDE litsenziyaga ega hakamlar ishtirokida 24 soat ichida eng koʻp shaxmat partiyalarini oʻynash (ham oflayn, ham onlayn) boʻyicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga urinadi.

Shu munosabat FIDE butun dunyo boʻylab rassomlarni mazkur tanlovda qatnashishga taklif qilmoqda. Bunda rassomlardan hamjamiyatlarni ushbu bayramni nishonlashga FIDE ga qoʻshilishga ilhomlantiradigan jozibali plakatlar yaratish soʻraladi. Bu yil Xalqaro shaxmat federatsiyasining 100 yilligi nishonlayotgani sababli “FIDE 100” mavzusidagi ijodiy ishlarni ham taklif etilmoqda.

Bu tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. AI asari: Ushbu kategoriyaga sunʼiy intellekt (AI) vositalari yoki algoritmlari yordamida yaratilgan ishlar qabul qilinadi.
  2. Anʼanaviy asar: Ushbu kategoriyaga chizish (drawing) yoki boʻyoq orqali chizish (painting) kabi ananaviy vositalar yordamida yaratilgan ishlar qabul qilinadi.

Ishlar quyidagi 2 ta mavzuning biriga bagʻishlangan boʻlishi kerak:

1-mavzu: Taqdim etilgan ishlar hamjamiyatlarni 24 soat ichida eng koʻp oʻynaladigan shaxmat oʻyinlari boʻyicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga urinishda ishtirok etishga targʻib qilish va ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlishi, shuningdek, shaxmatning odamlarni birlashtiradigan oʻyin sifatida hayajonli va universal ekaniga urgʻu berishi kerak.

2-mavzu: Ishlar soʻnggi 100 yil ichida sodir boʻlgan shaxmatga oid baʼzi muhim voqealarini aks ettirish uchun yaratilishi kerak. Rassom 1924 yildan beri shaxmat olamining shakllanishida FIDE taʼsiri haqida fikr yuritishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Anʼanaviy usulda (qoʻlda) yoki sunʼiy intellekt yordamida rasm yarata oluvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sovrindorlar quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻringa 800 yevro, 2-oʻringa 500 yevro va 3-oʻringa 300 yevro pul mukofoti.
  • Sovrindorlarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.
  • Gʻolib ishlar chop etilib, Shaxmat olimpiadasi oʻtkaziladigan joyda namoyish qilinadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Butun dunyodan barcha yoshdagi rassomlar qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar bitta yoki har ikkala kategoriya boʻyicha qatnashishi mumkin.
  • Barcha ishlar aynan ushbu tanlov uchun yaratilgan original ish boʻlishi lozim.
  • Bitta ishtirokchi bitta kategoriya uchun faqat bitta ish topshirishi mumkin.
Ishlarga qoʻyilgan talablar:
  • Topshiriladigan ishning aniqlik darajasi kamida 5 megapiksel (15 megapiksel boʻlsa, maqsadga muvofiqdir) va hajmi 10 MB dan kam boʻlishi kerak.
  • Ishlar JPEG, PNG, GIF yoki TIFF formatda topshirilishi kerak.
  • Anʼanaviy asar uchun: ishlar skanerlanishi yoki rasmga olinishi hamda yuqorida tavsirlangan formatga topshirilishi kerak.
Asar kontentiga qoʻyilgan talablar:
  • Asar dizayni vizual jihatdan jozibador va tushunishga oson boʻlishi, shuningdek, ishtirok etishga ragʻbatlantirish xabari aniq aks ettirilishi kerak.
  • Asarda aks etadigan har qanday yozuv/matn ingliz tilida boʻlishi lozim.
  • 1-mavzu uchun: asar tanlov mavzusini oʻz ichiga olishi va unda koʻzga tashlanadigan tarzda tegishli sanasi (20-iyul) va tadbir tafsilotlarini aks ettirilishi kerak.

Topshirilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Kreativlik va originallik.
  • Mavzuga aloqadorlik.
  • Vizual taʼsir va estetika.
  • Umumiy kompozitsiya va dizayn.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishlar 2024-yil 10-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Qatnashish uchun BU YERDAGI arizani toʻldirish (ingliz tilida) va yaratilgan ish(lar)ni arizaga yuklab, arizani yuborish lozim.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!