×

Xalqaro yozgi kurs uchun grant dasturi 2018 (Germaniya)


Grant

MUHLAT

15.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

49183 marta

Ko’p yillar davomida TU Braunschweigning til markazi butun dunyodan yosh va iqtidorli talabalar bilan xalqaro yozgi kurslarni tashkillashtirib kelmoqda.

Turli millatlardan kelgan yoshlar bilan uchrashish orqali bilimlar almashinuvini rag’batlantirish, o’sha mamlakatlardagi ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi bilimlarini kengaytirishdir. Bunday tadbirlar, kelajakda xalqaro hamkorliklarni  muvaffaqiyatli tuzilishiga hizmat qiladi. Shuningdek ushbu grant dasturi, olmon madaniyati bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratib beradi.

Grant kimlar uchun?

Sharqiy Yevropa, janubiy - sharqiy hamda Markaziy Osiyo, janubiy Afrika va Amerikadan kelgan, yuqori bilimga ega, barcha yo’nalishdagi talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu kurs xarajatlari nomzodning ko’ratkichlariga qarab to’liq yoki qisman qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod kamida 18 yoshga, ko’pi bilan 30 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
  • Ular o’zlarining mamlakatlarida ilmiy yutuqlarni qo’lga kiritgan bo’lishlari  va nemis tilidan CEFR bo’yicha  eng kami bilan A2 sertifikatiga ega bo’lgan bo’lishlari kerak.

Dasturning boshlanishi:

2018-09-01

Dasturning tugashi:

2018-09-30

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn elektron manzilga yuborish orqali topshiriladi.

Nomzoddan talab qilinadigan hujjatlar.
1. Ariza blankasi (Rasm bilan).
2. Tarjimai hol.
3. Motivatsiya xati.

4. Tadbirlar ro’yxati (Germaniya  va nemis tiliga oid, o’zingiz ishtirok etgan barcha tadbirlarni ushbu ro’yxatga kiritishingiz mumkin).
5. Reyting daftarchasidan bir nusxa ( Agar siz 4 – semesterda ta’lim olayotgan bo’lsangiz, 3 ta semesterni baholarini jo’natishingiz kerak bo’ladi. Agar, 6 – Semester bo’lsa, unda 5 ta semester.
6. Tavsiyanoma ( Ingliz yoki nemis tilida).
7. Nemis tilini bilishingizni isbotlovchi til sertifikati.

Hujjatlarni to’liq shaklda (pdf) quyidagi elektron manziliga yuboring: sommerkurs@tu-braunschweig.de.

Ushbu maqola nemis tilini o’rgatish va Germaniyadagi ta’lim haqidagi ma’lumotlar berishga ixtisoslashgan Deutsch Online Usbekistan tahririyati tomonidan tayyorlandi.
Tahririyat kanaliga qo’shilish uchun MANA BU YERGA BOSING.

© DEUTSCH ONLINE USBEKISTAN

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!