×

Xitoy: Magistratura uchun to’liq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy


Grant

MUHLAT

20.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4709 marta

Xitoyning Changchung fan va texnologiyalar universiteti (Changchun University of Science and Technology) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur davomiyligi – 2 yil. Ushbu grant maqsadi – iqtidorli yoshlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Nomzodlar quyidagi yo’nalishlardan birini tanlashi mumkin:

  1. Master of Mechanical Engineering.
  2. Master of Computer Technology.
  3. Master of Business Administration.

O’qish ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplanadi;
  • Ro’yxatdan o’tish, labaratoriyada eksperiment olib borish, turli satjirovkalar olib borish xarajatlari qoplanadi;
  • Yotoqxona bilan ta’minlanadi;
  • Oyiga 1700 yuan (taxminan 270 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi lozim:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Nozod jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi kerak;
  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega va 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak;
  • Nozmzodning bakalavriatda olgan baholarining o’rtachasi kamida 100 dan 75 bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  • Jillin Provincial Government Scholarship uchun ariza (SHU YERDAN yuklab oling).
  • Diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi.
  • Universitetda olingan baholar ro’yxati.
  • Tadqiqot ishi (research proposal) – minimum 800 so’zdan iborat.
  • 2ta tavsiyanoma.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Agar HSK bo’lsa, uning nusxasi (yo’q bo’lsa, topshirilmaydi).

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida bo’lishi lozim. Hujjat topshirish jarayoni: Dastlab nomzod Changchun universitetining o’zi tanlagan yo’nalishiga onlayn ariza topshirishi lozim (SHU YERDA ariza topshiring). So’ng tanlangan yo’nalish uchun so’ralgan hujjatlarning barchasini topshirishi lozim.

Shuningdek, nomzod ushbu grantni yutishi uchun ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak. Ushbu hujjatga qo’yilgan minimum talablar: IELTS 5.5. Minimum score for TOEFL (IBT) is 72, 200 for TOEFL (CBT), or 533 for TOEFL (PBT).

Universitet bilan bog’lanish uchun kontaktlar:

Add:No.7186, Weixing Road, Changchun, Jilin Province, 130022, P. R. China
Zip Code: 130022
Tel: +86-431-85583291 Fax:+86-431-85309021
E-mail: ieec.cust@hotmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!