×

Xitoy: Barcha bosqichlar uchun toʻliq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2383 marta

Xitoyning Szinan shahrida joylashgan Shandong University 2019-2020-yillar uchun SDU Freshman Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi bir yildan toʻrt yilgacha moʻljallangan. Grant universitetning 1-kursiga o`qishga kirgan yuqori salohiyatli bakalavriat, magistratura va doktoranturalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Shandong University bakalavr kursida bir yilga taxminan 18 000 dan 45 000 RMB (taxminan 2 686 dan 6 715 AQSh dollarigacha), magistratura kursida 22 000 dan 60 000 RMB (taxminan 3 289 dan 8 951 AQSh dollarigacha), doktoranturada esa bir yil uchun taxminan 26 000 dan 41 000 RMB (3 878,4 dan 6 116 AQSh dollarigacha) kontrakt toʻlab oʻqiydi. Kontrakt toʻlovi hajmi haqida batafsil : SHU YERDA tanishish mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

First Class Award (SDU Outstanding Scholarship):

A:

  1. Oʻqish pulining 18 000 dan 40 000 RMB (taxminan 2 686 dan 6 000 AQSh dollari) gacha qismi qoplanadi.
  2. Turar joy xarajatlari uchun bakalavriat va magistratura talabalariga 700 RMB (taxminan 105 AQSh dollar), doktorantlarga 1 000 RMB (taxminan 149,3 AQSh dollar) to`lanadi.
  3. Grant kamida ikki yil muddatga beriladi, yuqori natijalar ko`rsatilganda o`qish tugagauncha uzaytiriladi.

B:

  1. Oʻqish pulining 18 000 dan 40 000 RMB (taxminan 2 686 dan 6 000 AQSh dollari) gacha qismi qoplanadi.
  2. Grant kamida ikki yil muddatga beriladi, yuqori natijalar ko`rsatilganda o`qish tugagauncha uzaytiriladi.

Second Class   Award (SDU Excellence Scholarship):

A:

  1. Birinchi yilga oʻqish pulining 9 000 dan 40 000 RMB (taxminan 1 343 dan 6 000 AQSh dollari) gacha 50-100% qismi to`lab beriladi.
  2. Qolgan yillarga 5 400 dan 12 000 RMB (taxminan 855,5 dan 1 790 AQSh dollari) gacha 30% qismi qoplanadi.

B:

  1. Birinchi yilga oʻqish pulining 9 000 dan 40 000 RMB (taxminan 1 343 dan 6 000 AQSh dollari) gacha 50-100% qismi qoplanadi.

Third Class   Award (SDU Endeavor Scholarship):

  1. Birinchi yilga oʻqish pulining 1 800 dan 8 000 RMB (taxminan 269 dan 1 194 AQSh dollari) gacha 10-20% qismi to`lab beriladi.
  2. Bir martalik 400 RMB (taxminan 59,7 AQSh dollari) ro`yxatdan o`tish badaliga yetadigan pul beriladi.

Grant nomzodlarning yuqorida ko`rsatilgandan boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ukarni nomzodning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Xitoyga do`stlik nazari bilan qaraydigan, ruyiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Nomzod xitoylik bo`lmasligi kerak va zagranpasportga ega bo`lishi lozim.
  3. Nomzod XXR qonunlariga munosib holda o`zini yaxshi tutishi va universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo`lishi kerak.
  5. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.
  6. Nomzod o`z vaqtida kontrakt pulini to`lashi kerak.
  7. Bakalavriatga 18-25, magistraturaga 35 yoshgacha, doktoranturaga esa 40 yoshgacha bo`lgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslaridan birida o`qish uchun beriladi. Buning uchun, avval o`qishga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul uchun dedlayn 2019-yil 15-iyungacha. Grantga hujjatlar esa 2019-yil 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun o`qishga hujjatlarni iloji boricha erta topshiring.

O`qishga hujjatlar onlayn-ilova orqali topshiriladi:

  1. Hujjat topshirish uchun yo`riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.
  2. http://www.istudy.sdu.edu.cn/en/?c=content&a=list&catid=78 sahifasiga kirib o`zingiza kerakli kursni tanlang.
  3. Onlayn-ariza toʻldirish uchun  http://www.apply.sdu.edu.cn onlayn-ilova tizimiga kiring.
  4. Arizani to`ldirib, kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natiladi.
  5. 400 RMB (taxminan 60 AQSh dollar) ro`yxatdan o`tish badali to`lash kerak bo`ladi.

Grantga ariza berish. Grantga ariza va barcha hujjatlarni dedlaynga qadar apply@sdu.edu.cn manziliga jo`natiladi.

Hujjatlar tarkibi (umimiy):

  1. Ariza.
  2. Attestat/kollej/bakalavr/magistr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Pasport fotonusxasi.
  5. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
  6. CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).
  7. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi. Matn kamida 800 ta so`zgacha hajmda yoziladi (magistratura va doktorantura uchun so`raladi).
  8. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi(magistratura va doktorantura uchun topshirish talab qilinadi).
  9. Sudlanmaganlik haqida hujjat.
  10. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
  11. Ro`yxatdan o`tish badali kvitansiyasi.

* Hujjatlar tarkibi tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi. Hujjat topshirishdan avval tanlangan kurs  sahifasidan ma’lumotlarni aniqlashtiring. Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2019-yilning 30-noyabrda e’lon qilinadi.

 Bogʻlanish uchun:

Manzil:

The Admissions Office, Department of International Affairs of Shandong Room C301, Mingde building, Shandong University, No. 27 Shanda South Road, Jinan, China.

Elektron manzil: apply@sdu.edu.cn  

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!