×

Xiloy: Magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant; stipendiya oyiga – 500 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2889 marta

Xitoyning Chansh shahrida joylashgan Markaziy Janub universiteti – Central South University 2019-2020-yillar uchun Chinese Government Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan. Grant universitetga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir.

Grant quyidagi sohalar bo`yicha universitetning magistratura va doktoranturasiga o`qishga kirgan talabalarga beriladi:

Ingliz va xitoy tilida o’qitiladigan dasturlar (3 yillik magistratura):

  • computer science and technology
  • mathematics
  • control science and technology
  • electrical engineering
  • information and communication engineering
  • clinical medicine
  • nursing
  • public health, biology,etc.

Xitoy tilida o’qitiladigan dasturlar:

  • business administration
  • international trade
  • public administration
  • Chinese language and literature
  • law

Ingliz va xitoy tilida o`qitiladigan dasturlar (4 yillik doktorantura):

  • computer science and technology
  • mathematics
  • control science and technology
  • clinical medicine
  • nursing
  • public health
  • biology

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Central South University magistratura kursida bir yilga taxminan 20 000 dan 43 000 RMB (taxminan 2 977,2 dan 6 401,2 AQSh dollarigacha, doktoranturada esa bir yil uchun taxminan 26 000 dan 53 000 RMB (3 870.60 dan 7 890 AQSh dollarigacha) kontrakt toʻlab oʻqiydi. Kontrakt toʻlovi hajmi haqida batafsil : SHU YERDA tanishish mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3000 RMB (431 AQSH dollari), doktorantlarga 3 500 RMB (503 AQSh dollari) stipendiya
  4. Barcha tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, ruyiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Nomzod a’lochi bo`lishi va avval Xitoyda o`qimagan bo`lishi kerak.
  3. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  5. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Buning uchun ham universitetning maqola boshida ko`rsatilgan ro`yxatdagi magistratura vo doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul uchun dedlayn 2019-yil 31-maygacha. Grantga hujjatlar esa 2019-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun o`qishga hujjatlarni iloji boticha erta topshiring.

1-qadam. CSC stipendiya dasturi uchun ariza va hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn-ilova orqali topshiriladi:

  • Onlayn-ariza toʻldirish uchun  http://laihua.csc.edu.cn yoki http://www.campuschina.org onlayn-ilova tizimiga kiring.
  • Registratsiyadan keyin CSU agentligi kodi sifatida 10533 raqamini yozing.
  • Onlayn-ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va amaliy tizimda qogʻoz shaklini chop eting.
  • Arizani imzolang va yaqinda olingan fotosuratingizni biriktiring.

2-qadam. Grantga ariza va barcha hujjatlarning qog`oz variantini CSU orqali jo’natiladi.

*Tibbiyot yo`nalishlari uchun hujjatlar quyigadi manzilga yuboriladi:

Room 708, Xiaoqian Building, Xiangya Medical School, No.172 Tongzipo Rd, Yuelu district, Chang, Hunan, P.R.China.

**Tibbiyotdan boshqa yo`nalishlar uchun hujjatlar esa quyidagi manzilga jo`natiladi:

Room 310, Computer Science and Technology Building, Central South University main campus, No.932 South Lushan Rd, Changsha, Hunan, P.R.China.

3-qadam. Roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyida koʻrsatilgan rekvizitga 500 yuan (taxminan 90 dollar) toʻlash kerak:
Central South University
Account No
5846 5735 0276
Swift Code
BKCHCNBJ970
Opening Bank
Central South University Branch Bank, Bank of China, Changsha, Hunan, P.R. China

Hujjatlar tarkibi:

  1. Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan Xitoy hukumat stipendiyasiga ariza (1-qadamda toʻldirgansiz, shuning qog`oz varianti).
  2. Bakalavr/magistr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Pasport fotonusxasi.
  5. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi. Matn kamida 800 ta so`zgacha hajmda yoziladi.
  6. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi.
  7. Sudlanmaganlik haqida hujjat. IIV dan olinadi. Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi. Hujjat topshirayotganda bunga e’tibor bering.
  8. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida). Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi.
  9. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
  10. CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).
  11. Ro`yxatdan o`tish badali kvitansiyasi.

* Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim. Yodda tuting: barcha hujjatlar ikki nusxada topshiriladi. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2019-yilning 31-iyulgacha e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Office of International Cooperation & Exchanges, Central South University
Changsha, Hunan, P.R. China 410083

Telefon: +86-731-8883 6661, 8887 7515, 8265 0391

Faks: +86-731-88710136

Elektron manzil: admissions@csu.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!