×

Xitoy: Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun to’liq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

20.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2691 marta

Xitoyda joylashgan Jiangsu University of Science and Technology (JUST) oliygohi International Students of JUST dasturi orqali barcha bosqich talabalari uchun grant o’rinlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturi JUST oliygohida o’qitiladigan bakalavr, magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan. Taqdim etilayotgan kurslarga ko’ra grantlar Provincial Scholarship hamda University Scholarship turlariga bo’linadi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

Provincial Scholarship

  • Jasmine Scholarship granti uchun tanlab olingan nomzodlar 4358,06 – 7263,43 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
  • Jasmine TSP Program granti uchun tanlab olingan nomzodlar 1452,69 AQSH dollari miqdorida pul mukofot bilan ta’minlanadilar. Undan tashqari grant tarkibiga kontrakt puli, tibbiy sug’urta , turar-joy ta’minoti xarajatlarini qoplash ham ko’zda tutilgan. Ushbu grant faqatgina magistratura kursining Special Economic Animal Rearing and Biology yo’nalishi uchun ajratiladi.

 University Scholarship

  • JUST Scholarship for Bachelor granti uchun tanlab olingan nomzodlar 1016.88 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti hamda turar-joy bilan ta’minlanadilar.
  • JUST Scholarship for Master granti uchun tanlab olingan nomzodlar 4212.79 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti hamda turar-joy bilan ta’minlanadilar.
  • JUST Scholarship for PhD granti uchun tanlab olingan nomzodlar 5374.94 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti hamda turar- joy bilan ta’minlanadilar.
  • Academic Scholarship for Undergraduates (Based on the GPA ranking of previous academic year) granti uchun tanlab olingan nomzodlar 1162,15- 290,54 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti hamda turar-joy bilan ta’minlanadilar.

JUST oliygohidagi to’lov kontraktlari hamda qo’shimcha xarajatlar haqida ma’lumot bilan bu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Xitoy davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzodning sog’lig’ida jiddiy muammolari bo’lmasligi lozim.
  • Bakalavr darajasiga hujjat topshirayotgan nomzod O’rta ta’limni tugallagan bo’lishi hamda 25 yoshdan oshmagan bo’lishi talab etiladi.
  • Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodlar bakalavr darajasini tugallagan bo’lishi hamda, 40 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Doktorantura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodlar magistratura darajasini tugallagan bo’lishi hamda 45 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzodlar HCK level 4 (Xitoy tili bilim darajasini tekshiruvchi davlat testi) yoki Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 5.5 va TOEFL 550 (IBT 80) sertifikatlaridan birini topshirishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

International Students of JUST grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali online Ariza (buning uchun dastlab saytda shahsiy accountingizni ochish so’raladi) to’ldirib jo’natish lozim.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Ingliz tili yoki Xitoy tili sertifikatlari
  • Passport nusxasi
  • Bakalavr kurslari uchun ro’yhatdan o’tayotgan nomzodlar uchun O’rta ta’lim diplomining notariusdan tasdiqlangan nusxasi.
  • Magistratura kurslari uchun ro’yhatdan o’tayotgan nomzodlar uchun Bakalavr diplomining notariusdan tasdiqlangan nusxasi va baholar ro’yhati taqdim etilishi lozim. Undan tashqari 2 ta tavsiyanoma (Ingliz yoki Xitoy tilida bo’lishi lozim) taqdim etish so’raladi.
  • Doktorantura kurslari uchun ro’yhatdan o’tayotgan nomzodlar uchun Magistratura diplomining notariusdan tasdiqlangan nusxasi va baholar ro’yhati taqdim etilishi lozim. Undan tashqari 2 ta tavsiyanoma va Research Proposal (ilmiy tadqiqot rejasi) taqdim etish so’raladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun studyatjust@just.edu.cn  elektron manzili yoki + 86 511 84401196 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!