Xitoyning Jiangsu Universiteti Jiangsu provinsiyasi hukumati tomonidan xalqaro talabalar uchun tashkil etilgan Jiangsu Government Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturdan maqsad Jiangsudagi xalqaro talabalarning oliy ta’limini rivojlantirishga ko’maklashish, Jiangsu provinsiyasi ta’limi profilinining dunyodagi maqomini oshirish hamda, «Jiangsuda o’qish» brendini namoyish etish. Ushbu grant chet ellik iqtidorli talabalar yoki olimlarga Jiangsu oliy ta’lim muassasalarida to’liq stavkada o’qish uchun beriladi. Grantlar shuningdek o’quv dasturlari bo’yicha almashuv bitimlariga muvofiq dasturlar va almashinuv dasturlari talabalariga ham beriladi. Ushbu grant dasturi tarkibida to’liq va qisman grantlar mavjud.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
To’liq grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- O’qish, ro’yxatdan o’tish, laboratoriya eksperimentlari, stajirovka va asosiy darsliklar xarajatlari qoplab beriladi.
- Tekin yotoqxona yoki turar joy uchun yiliga 10000 yuan (taxminan 1545 AQSh dollari) stipendiya.
- 1500 yuan (taxminan 232 AQSh dollari) oylik stipendiya
- Tibbiy va xavfsizlik sug’urtasi.
Qisman grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Kontrakt to’lovi uchun bir martalik, yillik 30000 yuan (taxminan 4635 AQSh dollari) mablag’ (bakalavr va keyingi bosqichlar uchun).
- Talabalar almashinuvi dasturi bo’yicha o’qishga kelgan talabalarga dasturdan kelib chiqib 3-12 oy davomida 2000 yuan (taxminan 309 AQSh dollari) oylik stipendiya to’lanadi.
Eslatma: Ushbu dasturiga Jiangsu provinsiyasidagi istalgan oliy ta’lim muassasasida o’qish uchun ariza berish mumkin, ammo grantga arizalarni nomzod tanlagan universitetning qabul bo’limi orqali topshirish kerak. Ushbu maqolada grantlar Jiangsu Universitetida o’qish uchun ko’rsatilgan.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Barcha davlat fuqarolariTalablar:
Grantlar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi bo’lmagan va yuqori baholarga o’qib, yetakchilik sifatlarini o’zida ko’rsata olgan talabalarga beriladi. Jiangsu universiteti bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilinish uchun oliy ta’limdan oldingi majburiy ta’lim shahodatnomasiga, magistratura kurslariga qabul uchun esa bakalavr darajasiga ega bo’lish kerak. Qabul uchun qolgan talablar universitetdagi kurslarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. O’zingiz tanlagan kurs uchun qabul talablari bilan tegishli kurs sahifasida tanishib chiqing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida ariza berish shart emas. Jiangsu universitetidagi tegishli bakalavr va keyingi bosqich kurslaridan biriga hujjat topshirilganda arizada grant uchun nomzodlik qilishingizni ko’rsatib o’tsangiz kifoya. Jiangsu universiteti 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslariga qabul 2021-yil 5-aprelga qadar davom etadi. Ariza topshirish jarayoni haqida ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan. Universitetda o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati bu yerda. Bakalavr kurslari ro’yxati esa bu yerda. Qisqa (almashinuv) dasturlari ro’yxati bu yerda.
Ma’lumot uchun qabul bo’limining +86-511-88792366 raqamiga murojaat qiling.