×

Xitoy: Bakalavriat, magistratura va qisqa muddatli kurslar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan grant; stipendiya oylik – 436 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

20.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3111 marta

Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida joylashgan Wuhan University 2019-2020-yillar uchun Confucius Institute Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi besh oydan toʻrt yilga moʻljallangan. Grant universitetga xitoy tilini oʻrganishni istagan nomzodlarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

Grant universitetning bakalavriat va magistraturasiga, shuningdek, bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura, bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Turar joy uchun har oyda 700 CNY (taxminan 102 USD) beriladi.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda bakalavr BTCSOL (Bachelor’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages), bir yillik va 5 oylik kurslarda oʻqiydigan talabalarga 2 500 CNY (363,55 AQSH dollari), MTCSOL (Master’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages)da oʻqiydiganlarga esa 3 000 CNY (436,26 AQSh dollari) stipendiya ajratiladi.
  4. Tibbiy sugʻurta xarajatlari uchun yiliga 800 RMB (taxminan 116,34 USD) toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, ruyiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Barcha nomzodlar 16 yoshdan katta boʻlishi lozim.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  5. Bakalavriatga nomzod 25 yoshacha boʻlishi kerak.
  6. Bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga oʻqishga kirgan talabalar ariza bera oladi.
  7. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.
  8. Nomzod BTCSOL (Bachelor’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) yoki MTCSOL (Master’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) kurslariga oʻqisha kirgan boʻlishi zarur.
  9. Nomzod xitoy tilini yaxshi bilishi lozim. Bir yillik kurslar uchun kamida HSK 180 (Level 3), HSKK (Beginner) 40 ball; BTCSOL (bakalavriat) uchun HSK (Level 4) 210 ball, HSKK (Intermediate) 60 ball; MTCSOL (magistratura) uchun kamida HSK (Level 5) 210 ball, HSKK (Intermediate) 60 ball boʻlishi talab qilinadi.
  10. 45 yoshgacha boʻlgan, hozirda xitoy tilidan dars berayotgan nomzodlar ariza bera oladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Buning uchun universitetning bir semester (besh oy) hamda 1 yil (11 oy)lik til kurslariga yoki BTCSOL (Bachelor’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) yoki MTCSOL (Master’s Degree in Teaching Chinese to Speakers of Other Languages) kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul va grant olish uchun dedlayn 2020-yil fevralda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yil 20-noyabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1-qadam. Confucius Institute Scholarships stipendiya dasturi uchun ariza topshirish:

  • Onlayn-ariza toʻldirish uchun  http://cis.chinese.cn/ saytiga kiring.
  • Onlayn tarzda Confucius Institute Scholarships Application Formni toʻldiring.
  • Arizaga qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini http://cis.chinese.cn/ saytidan oling.
  • Arizani ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga joʻnating.

 2-qadam. Wuhan Universityga oʻqishga ariza topshirish:

  • http://admission.whu.edu.cn/ saytida roʻyxatdan oʻting.
  • Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqing.
  • Qabul talablari bilan: bakalavriat uchun: shu yerda; magistratura uchun: shu yerda; non-degree dasturlar uchun esa: shu yerda tanishish mumkin.
  • Kerakli bosqich va kursni tanlang. “Apply now” yozuvini bosib, hujjat topshirishni boshlang.
  • “Application Form for International Scholars and Students of Wuhan University”ni toʻldiring.
  • Kerakli hujjatlarni ilova qilib, topshiring.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo yoki savol tugʻilsa, quyidagi manzillarga murojaat qiling:

  1. Admission Office101, School of International Education, Wuhan University, Hubei Province, P.R.China

Pochta indeksi: 430072

Telefon: 0086-27-68753912

Faks: 0086-27-87863154

Email: enrollment@whu.edu.cn

Web-sayt: http://admission.whu.edu.cn/

Mas’ul: Ms. Feng.

  1. Division of Scholarships, Confucius Institute Headquarters / Hanban

Email:scholarships@hanban.org

Confucius Institute Scholarship Web-sayti: http://cis.chinese.cn

HSK va HSKK Web-sayti: http://www.chinesetest.cn

3-qadam. Roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash.

Roʻyxatdan oʻtish uchun 800 RMB (taxminan 111 USD) toʻlash kerak.

Hujjatlar tarkibi (taxminan):

  1. Ariza.
  2. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Pasport fotonusxasi.
  5. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi (magistratura uchun).
  6. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi (magistratura uchun).
  7. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida). Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi.
  8. HSK/HSKK sertifikatlari.
  9. Ingliz tili IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi.
  10. CV/resume.
  11. Magistratura uchun nashr ishlari roʻyxati, soʻralishi mumkin.
  12. Roʻyxatdan oʻtish badali kvitansiyasi.

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim.

Tanlangan bosqich va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qiladi. Buni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Admission Office101, School of International Education, Wuhan University, Hubei Province, P.R.China

Pochta indeksi: 430072

Telefon: 0086-27-68753912

Faks: 0086-27-87863154

Email: enrollment@whu.edu.cn

Web-sayt: http://admission.whu.edu.cn/

Mas’ul: Ms. Feng.

 Division of Scholarships, Confucius Institute Headquarters / Hanban

Email:scholarships@hanban.org

Confucius Institute Scholarship Web-sayti: http://cis.chinese.cn

HSK va HSKK Web-sayti: http://www.chinesetest.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!